Spanish
Chinese
Turkish
Tajik
Kyrgyz
Turkmen
Japanese
Arabic
English
French
Spanish
Русский
German
Ўзбек
Oʻzbek
Қазақ
"O‘zbekxon" romanining taqdimoti o‘tkazildi (+video)
15:43 / 2024-11-07

Kitob va kitobxonlik insonlar ong-tafakkurini teranlashtirib, qalbiga eng go‘zal ezgu niyatlarni joylaydigan, ularni yaxshiliklar olamiga yetaklaydigan ma’naviyat sarchashmasidir. Shuning uchun har doim kitob o‘qishga ehtiyojimiz bor.

Ba’zan odam moddiy manfaatlar, zamon yangiliklari, internet tizimi ichra kuni va tuni qanday o‘tganini ham bilmay qoladi. Ko‘ngil bir og‘iz shirin so‘z, bir taskin, malham istaydi. Shunday paytda biz, albatta, kitob varaqlashga tushamiz. Ko‘nglimizga yoqqan she’rmi, hikoyami – xoh u qatra bo‘lsin yoki salmoqli qissa va romanmi – o‘qiy boshlaymiz. Nafaqat o‘qiymiz, balki asardagi voqealar rivojiga kirib ketamiz va o‘sha yerda yashaymiz...   

Ana shunday ko‘ngillarni zabt etishi mumkin bo‘lgan asarlardan biri Mahmud Qozoqboyev domlaning o‘tkir syujetli "O‘zbekxon" romanining taqdimoti Alisher Navoiy nomidagi O‘zbekiston Milliy kutubxonasida bo‘lib o‘tdi.   

Taqdimotda yozuvchilar, shoirlar, jamoat faollari va ommaviy axborot vositalari vakillari qatnashishdi. Tarixiy syujetlarga boy bo‘lgan "O‘zbekxon" romani ham o‘quvchilar qalbidan joy olishiga ishonamiz.   

<iframe width="640" height="420" src="https://www.youtube.com/embed/lnG1_iHYdzA" title="“Oʻzbekxon” romanining taqdimoti oʻtkazildi" frameborder="0" allow="accelerometer; autoplay; clipboard-write; encrypted-media; gyroscope; picture-in-picture; web-share" referrerpolicy="strict-origin-when-cross-origin" allowfullscreen></iframe>

M.Turdaliyeva, N. Abduvoitov (video), O‘zA