Spanish
Chinese
Turkish
Tajik
Kyrgyz
Turkmen
Japanese
Arabic
English
French
Spanish
Русский
German
Ўзбек
Oʻzbek
Қазақ
“O‘zbektelekom” aksiyadorlik kompaniyasi transformatsiya qilinadi
17:59 / 2022-04-14

Bu haqda Prezident huzurida Axborot texnologiyalari va kommunikatsiyalarini rivojlantirish vazirligining faoliyati va 2022 yildagi rejalari muhokamasiga bag‘ishlangan yig‘ilishda ma’lum qilindi.

Davlatimiz rahbari telekommunikatsiya tarmog‘ini kengaytirish yo‘nalishida ham qator vazifalarni belgilab berdi. Jumladan, yil yakuniga qadar:

– 6 ming 800 ta yangi mobil stansiyani o‘rnatish va 80 ta olis qishloqni aloqa tizimiga ulash (yana 38 ta qishloq 2023 yilda ulanadi);

–qo‘shimcha 800 ming xonadonni yuqori tezlikdagi internetga ulash;

– respublika bo‘yicha optik tolali aloqa qamrovini 80 foizga yetkazish;

– 60 foiz magistral yo‘llarni mobil internet bilan ta’minlash topshirildi.

Eng muhimi, 1 sentyabrga qadar Toshkent viloyatida respublikada ilk bor yuqori quvvatli Ma’lumotlarni saqlash va qayta ishlash markazi ishga tushiriladi.

Shuningdek:

– birinchi yarim yillikda 100 million, yil yakunigacha 300 million dollar investitsiyani o‘zlashtirish;

– ikki oy muddatda Abu Dabi fondi bilan “O‘zbekiston pochtasi”ni transformatsiya qilish rejasini ishlab chiqib, kiritish vazifasi qo‘yildi.

Prezident “O‘zbektelekom” aksiyadorlik kompaniyasini transformatsiya qilish masalasiga ham to‘xtaldi.

–“O‘zbektelekom” jahonning nufuzli aloqa kompaniyalariga o‘xshab, davlatga yuqori daromad keltiruvchi, sifatli xizmatlarni eksport qiluvchi, yuqori texnologik, daromadli va namunali kompaniya bo‘lishi kerak, – dedi davlatimiz rahbari.

Joriy yilda kompaniyaning  operatsion xarajatlari va tannarxini 15 foizga qisqartirish, iyul oyida xalqaro reyting olishini ta’minlash va kelgusi yil martda kompaniyani IPOga chiqarish bo‘yicha topshiriqlar berildi.

Yig‘ilishda hozirgi murakkab vaziyatda kiberxavfsizlik masalasiga e’tiborni kuchaytirish zarurligi ko‘rsatib o‘tildi. Joriy yil birinchi chorakning o‘zida axborot tizimlariga chetdan 200 tadan ortiq kiberhujum uyushtirilgan.

–Shuning uchun bugun kiberxavfsizlik to‘g‘risida Qonunni imzoladim. Bu yangi qonun hozirgi zamon tahdidlariga qarshi kurashish uchun huquqiy asos bo‘ladi, – dedi Prezident.

O‘zA