French
Chinese
Turkish
Tajik
Kyrgyz
Turkmen
Japanese
Arabic
English
French
Spanish
Русский
German
Ўзбек
Oʻzbek
Қазақ
O‘zbekning qizlari shunday bo‘ladi (+video)
11:37 / 2024-07-29

-

Yig‘lama, yelkasi yerga tekkan qiz,

Osmonday orzusi suvga cho‘kkan qiz,

Bitta zarbdan mingta azob chekkan qiz,

O‘zbekning qizlari shunday bo‘ladi.

 

 Bu qiz duo olgan Bibixonimdan,

Kuch olgan o‘zbekning shavkat-shonidan,

Bir qatra qoni bor mening qonimdan,

O‘zbekning qizlari shunday bo‘ladi...

 

Kecha Parij – 2024 yozgi Olimpiya o‘yinlarining dzyudo bahslarida hamyurtimiz, samarqandlik Diyora Keldiyorova Tokio – 2020 yozgi Olimpiya o‘yinlari chempioni, yaponiyalik Uta Abe va yana boshqa raqiblarini yengib, olimpiya chempioni bo‘lganini ko‘rgan O‘zbekistonda xizmat ko‘rsatgan madaniyat xodimi, shoira Xosiyat Bobomurodova qalb kechinmalarini she’rda shunday ifodaladi.

– Kecha Diyoraning g‘alabali kurashlarini tomosha qilib, final bahsini u tug‘ilib o‘sgan xonadonda, ota-onasi va yaqinlari bilan birga kuzatdik, – deydi Pastdarg‘om tumani hokimi Sherzod Rahmonov. – Viloyatimiz sport mutasaddilari bilan birga bahsga qadar Diyoraning ota-onasi bilan suhbatlashdik, chempion qizimizning bolaligi, sport bilan shug‘ullanish jarayonlari, dastlabki g‘alabalarini esladik. Suhbat jarayonida amin bo‘ldikki Baxtiyor aka va Dilorom opa qiz bolaga kurashni kim qo‘yibdi, demay uni qo‘llab-quvvatlagan, orzulariga yetishi uchun imkoniyat yaratib berishga harakat qilgan ekan. Diyoraning oltin medali ularga ham muborak bo‘lsin!

<iframe width="640" height="420" src="https://www.youtube.com/embed/UDPWcV2mrBI" title="Oʻzbekning qizlari shunday boʻladi" frameborder="0" allow="accelerometer; autoplay; clipboard-write; encrypted-media; gyroscope; picture-in-picture; web-share" referrerpolicy="strict-origin-when-cross-origin" allowfullscreen></iframe>

Kecha tunda pastdarg‘omliklar Diyora Keldiyorovaning chempionligini tuman markaziga yig‘ilib, bayram qildilar.

G‘.HASANOV (video), O‘zA muxbiri