Ўзбек
Chinese
Turkish
Tajik
Kyrgyz
Turkmen
Japanese
Arabic
English
French
Spanish
Русский
German
Ўзбек
Oʻzbek
Қазақ
O‘zbekning pahlavon o‘g‘loni yana shohsupada
22:02 / 2024-08-10

Bugun og‘ir atletika bo‘yicha O‘zbekiston terma jamoasi a’zosi Akbar Jo‘rayev “Parij – 2024” yozgi Olimpiyadasi o‘yinlarining kumush medalini qo‘lga kiritdi.

Musobaqani Akbar Jo‘rayev tug‘ilib o‘sgan Toshkent viloyati aholisi ham hayajon bilan kuzatib bordi. Jumladan, Bo‘stonliq tumani hokimi J.Ahmedov, viloyat sport boshqarmasi boshlig‘i R.Boboqulov, Sport maktabi  jamoasi, sportchining oila a’zolari, yaqinlari va do‘stlari musobaqani to‘g‘ridan-to‘g‘ri translyatsiya orqali tomosha qildi.  

Akbar Jo‘rayev nafaqat Toshkent viloyati, balkim mamlakatimizning faxri. Tuman hokimi o‘g‘lining g‘alabasi  bilan sportchining onasi Hafiza Normatovani qutlab, gullar sovg‘a qildi. Onaning taassurotlari bilan o‘rtoqlashdik.  

– O‘g‘limning bugungi erishgan yutug‘idan xursandman,  – deydi H. Normatova. – Ikkinchi bor Olimpiya o‘yinlari sovrindori bo‘ldi. Musobaqaga tayyorgarlik ko‘rish jarayonida suhbatlashganimizda bu gal ancha qiyin bo‘lishini aytardi. Sababi, boshqa vazn toifasida qatnashdi. Shunday bo‘lsa ham Olimpiada o‘yinlariga puxta tayyorgarlik ko‘rdi. Farzandim mamlakatimiz sharafi uchun bor kuch va mahoratini namoyish etdi. Biz uni har lahzalarda barcha yaqinlarimiz bilan ruhan qo‘llab turdik.

Farzandimni musobaqaga kuzatish chog‘ida “ Senga yurt ishongan, Prezident ishongan. Ularning ishonchini oqlash uchun bor imkoniyatingni ishga sol. Yangi O‘zbekistonni dunyoga tanitish qo‘lingdan keladi” deb duo qilgandik. Bugun dadasining tug‘ilgan kuni. Farzandimning yutug‘i dadasiga va yurtga katta sovg‘a bo‘ldi. 

A.Musayev, O‘zA muxbiri