Қазақ
Chinese
Turkish
Tajik
Kyrgyz
Turkmen
Japanese
Arabic
English
French
Spanish
Русский
German
Ўзбек
Oʻzbek
Қазақ
“O‘zbekneftgaz” va “ADCB” o‘rtasidagi moliyaviy hamkorlik kengaymoqda
10:53 / 2026-02-18

“O‘zbekneftgaz” AJ rahbariyati “Abu Dhabi Commercial Bank” (ADCB) vakillari bilan uchrashuv o‘tkazdi. Bu haqda jamiyat axborot xizmati xabar berdi.

Muloqot davomida kompaniyada olib borilayotgan transformatsiya jarayonlari, moliyaviy barqarorlikni mustahkamlashga qaratilgan chora-tadbirlar, shuningdek, yangi investitsiya loyihalarining amalga oshirilishi va amaldagi hamkorlik natijalari yuzasidan fikr almashildi.

Uchrashuvda bank vakillari 2026-yilda jamiyat faoliyatini moliyalashtirish ko‘lamini yanada kengaytirishga tayyor ekanliklarini ta’kidladi.

Qayd etilganidek, tomonlar o‘rtasidagi hamkorlik bugungi kunda klub krediti, sindikatlashtirilgan kreditlar jalb qilish hamda yevroobligatsiyalar chiqarish kabi moliyaviy mexanizmlar asnosida izchil rivojlanib bormoqda.

Muzokaralar yakunida taraflar o‘zaro sheriklikni yanada chuqurlashtirish va yangi yo‘nalishlar bo‘yicha hamkorlikni kengaytirishdan manfaatdor ekanliklarini bildirdi.

N.Ziyodullayeva tayyorladi, O‘zA