Русский
Chinese
Turkish
Tajik
Kyrgyz
Turkmen
Japanese
Arabic
English
French
Spanish
Русский
German
Ўзбек
Oʻzbek
Қазақ
“O‘zbekneftgaz”: Rahbarlik lavozimiga tayinlov amalga oshirildi
17:29 / 2021-06-23

“O‘zbekneftgaz” aksiyadorlik jamiyati Boshqaruvi raisi Mehriddin Abdullayevning buyrug‘iga asosan, Ishlab chiqarishni texnik tartibga solish departamenti boshlig‘i lavozimiga Feruz Hamidovich Madatov tayinlandi.

Feruz Madatov Sho‘rtan neft va gaz qazib chiqarish boshqarmasi kompressorlarga xizmat ko‘rsatish xizmati remont ishlari bo‘yicha muhandisi, Texnika-texnologiya bo‘limi boshlig‘i, Bosh texnolog lavozimida faoliyat yuritgan.  

 Shu kunga qadar u “O‘zbekneftgaz” AJ Uglevodorodlarni qazib chiqarish departamenti Gazni tayyorlash va qayta tayyorlash bo‘limi boshlig‘i sifatida faoliyat yuritib kelgan.  

 

“O‘zbekneftgaz” AJ Matbuot xizmati