Қазақ
Chinese
Turkish
Tajik
Kyrgyz
Turkmen
Japanese
Arabic
English
French
Spanish
Русский
German
Ўзбек
Oʻzbek
Қазақ
“O‘zbekneftgaz” London fond birjasida chiqargan obligatsiyasi uchun mukofotga sazovor bo‘ldi
17:46 / 2025-11-30

Mamlakamizning energetika sohasi so‘nggi yillarda strategik rivojlanish va xalqaro investitsiyalarni jalb qilishda muhim bosqichga qadam qo‘ydi. Bu jarayonda “O‘zbekneftgaz” AJ aksiyalari va obligatsiyalarining xalqaro moliya bozorlaridagi joylashtirilishi alohida ahamiyatga ega.

Joriy yilning noyabr oyida nufuzli xalqaro tashkilot “Global Banking & Markets” tomonidan o‘tkazilgan yillik konferensiyada “GBM Awards: Central & Eastern Europe”, “Central Asia & Türkiye 2025” mukofotlarini topshirish marosimi bo‘lib o‘tdi. Ushbu marosim doirasida “O‘zbekneftgaz” AJning London fond birjasida 850 million dollarlik obligatsiyalari chiqarilishi “Yil bitimi” maxsus mukofoti bilan taqdirlandi.

“O‘zbekneftgaz” AJ obligatsiyalarining joylashtirilishi xalqaro moliya bozorlaridagi yuqori o‘zgaruvchanlik davrida AQSH, Buyuk Britaniya, Yevropa Ittifoqi va Yaqin Sharqning 100 dan ortiq yirik global investorlar e’tiborini tortdi va neft-gaz sektoridagi taklifning o‘ziga xosligi bilan ajralib turdi.

Murakkab bozor sharoitida amalga oshirilgan ushbu muvaffaqiyatli joylashtirish kompaniyaga investorlar tomonidan bildirilayotgan ishonchning yorqin tasdig‘i hisoblanadi. Konferensiyada “Standard Chartered”, “J.P. Morgan”, “Citibank va Deutsche Bank AG” kabi yirik banklar va moliya tashkilotlari “O‘zbekneftgaz” AJga va uning rivojlanish istiqbollariga, davlat tomonidan ko‘rsatilayotgan qo‘llab-quvvatlash hamda transformatsiya jarayonlariga yuqori qiziqish bildirib, o‘zaro manfaatli hamkorlikni yanada mustahkamlash istagini qayd etdi.

Energetika vazirligi axborot xizmatiga ko‘ra, ushbu muvaffaqiyat nafaqat “O‘zbekneftgaz” AJning xalqaro miqyosdagi nufuzini yanada mustahkamladi, balki O‘zbekistonning energetika sohasini global moliya bozorlari oldida ishonchli va barqaror hamkor sifatida taqdim etishda muhim qadam sifatida baholanadi.

N.Ziyodullayeva, O‘zA