Ўзбек
Chinese
Turkish
Tajik
Kyrgyz
Turkmen
Japanese
Arabic
English
French
Spanish
Русский
German
Ўзбек
Oʻzbek
Қазақ
“O‘zbekneftgaz” AJda galdagi ustuvor vazifalar ijrosi tahlil etildi
13:54 / 2026-02-17

Neft va gaz sohasi mamlakat iqtisodiyotining asosiy yo‘nalishlaridan biri hisoblanadi. Bu esa tarmoqni uzluksiz rivojlantirish va samarali boshqaruv talablarini qo‘yadi.

Bunda “O‘zbekneftgaz” AJ nafaqat neft va gaz qazib chiqarish va qayta ishlash faoliyatini samarali tashkil etish, balki tarkibiy va boshqaruv tizimini takomillashtirish, soha uchun muhim bo‘lgan ustuvor vazifalarni o‘z vaqtida bajarishda muhim o‘rin egallaydi.

“O‘zbekneftgaz” AJda  o‘tkazilgan navbatdagi kengaytirilgan yig‘ilishda mazkur ustuvor masalalar yuzasidan fikr almashildi.

Unda jamiyat boshqaruvi raisi Abdug‘ani Sanginov sohani rivojlantirishga qaratilgan barcha tadbirlar ijrosi sarhisobiga e’tibor qaratdi.

Ta’kidlanganidek, Prezident tomonidan belgilangan ustuvor vazifalar ijrosini ta’minlash bo‘yicha amaliy chora-tadbirlarni atroflicha tahlil qilish asosiy masalalardandir. Shunga asosan tadbirda yagona aksiyador qarori bilan tasdiqlangan jamiyatning yangi tashkiliy tuzilmasi, samarali boshqaruv tizimini shakllantirish va vazifalar taqsimoti masalalari muhokama qilindi. Shuningdek, xarajatlarni maqbullashtirish, neft va gaz qazib chiqarish boshqarmalari hamda qayta ishlash korxonalari faoliyati natijalari yuzasidan mutasaddilar hisobotlari ham tinglandi.

Yig‘ilish davomida jamiyatning asosiy faoliyat yo‘nalishlari  neft va gaz qazib chiqarish, qayta ishlash hamda boshqaruv tizimi bo‘yicha joriy holat va kelgusidagi qadamlar zavod va boshqarmalar, tizim tashkilotlari kesimida tahlil etildi.

Tadbir yakunida ko‘rib chiqilgan masalalar yuzasidan muhim vazifalar belgilab olindi.

N.Ziyodullayeva, O‘zA