“O‘zbekneftgaz” AJ va “Air Products & Chemicals” kompaniyasi hamkorlik istiqbollarini muhokama qildi
“O‘zbekneftgaz” AJ va “Air Products & Chemicals” kompaniyasi rahbariyati o‘rtasida hamkorlikning joriy va kelgusidagi yo‘nalishlarini samarali muhokama qilish imkonini beruvchi navbatdagi uchrashuv o‘tkazildi.
Unda tomonlar Qashqadaryo viloyatida joylashgan “GTL” zavodining sanoat qurilmalarini ishlatish bo‘yicha operatsion faoliyat doirasida hamkorlikning asosiy jihatlari haqida so‘z yuritdi.
“O‘zbekneftgaz” AJ axborot xizmatiga ko‘ra, uchrashuv davomida mamlakatimizda dekarbonizatsiya va ilg‘or texnologiyalarni joriy etish sohasidagi hamkorlikning istiqbolli yo‘nalishlariga ham urg‘u berildi.
Qayd etilganidek, ushbu uchrashuv tomonlar o‘rtasida O‘zbekiston neft-gaz sektorida innovatsion va barqaror yechimlarni joriy etishga qaratilgan strategik hamkorlikni yanada mustahkamlashga xizmat qiladi.
N.Ziyodullayeva tayyorladi,
O‘zA