Ўзбек
Chinese
Turkish
Tajik
Kyrgyz
Turkmen
Japanese
Arabic
English
French
Spanish
Русский
German
Ўзбек
Oʻzbek
Қазақ
"O‘zbekneftgaz": AI-92 benzin narxi arzonlashtirildi
10:13 / 2025-08-11

Bu haqda jamiyat axborot xizmati xabar berdi. Unga ko‘ra, Prezidentimizning aholini arzon va sifatli yonilg‘i mahsulotlari bilan ta’minlash bo‘yicha bergan topshirig‘i ijrosi doirasida Buxoro neftni qayta ishlash zavodida AI-92 rusumli avtobenzin narxini bosqichma-bosqich pasaytirish ishlari olib borilmoqda.

O‘z navbatida, bu “O‘zbekneftgaz” AJning yoqilg‘i bozori barqarorligini saqlash, aholini yuqori sifatli benzin bilan ta’minlashga qaratilgan strategiyaning muhim qismidir.

Strategiya doirasida ishlab chiqarish jarayonlari optimallashtirilib, tannarxni kamaytirish bo‘yicha kompleks chora-tadbirlar amalga oshirildi. Bunda benzin ishlab chiqarish hajmi ortib, narx kamaytirildi.

Bu ishlar natijasida Buxoro NQIZda ishlab chiqarilgan AI-92 rusumli avtobenzinning birja savdolaridagi 1 tonnasi boshlang‘ich narxi birinchi bosqichda 12 million 881 ming so‘mdan 12 million 628 ming so‘mga tushirildi. Bu esa o‘z navbatida, 1 litr AI-92 rusumidagi avtobenzinning birjadagi boshlang‘ich narxi 9 ming 400 so‘m degani. Bu nafaqat iste’molchilar uchun qulay narx, balki butun bozorga ijobiy ta’sir ko‘rsatadi.

N.Ziyodullayeva tayyorladi,

O‘zA