Bu ko‘rsatkich 2024 yilga nisbatan 105,5 foizni tashkil etadi. Xususan, “Angren ko‘mir koni” filiali 5,915 million tonna, “Aparatak ko‘mir koni” filiali 1,161 million tonna, shaxta usulida qazib olish esa 61 ming tonna ko‘mir yetishtirgan.
Shuningdek, yil davomida 35,804 million metr kub kon usti qoplamasi ochildi. Bu esa 2024 yilga nisbatan 127,4 foiz ko‘p demakdir.
Jamiyat axborot xizmati rahbari Ne’mat Dushayevning so‘zlariga ko‘ra, tashkilot o‘tgan yilda iste’molchilarga 6,268,8 ming tonna ko‘mir yetkazib berdi. Ular orasida aholiga 1,639,3 ming tonna, byudjet tashkilotlariga 669,7 ming tonna, issiqlik elektr stansiyalariga 2,918,3 ming tonna, birja va to‘g‘ridan-to‘g‘ri shartnomalar orqali 1,039,9 ming tonna. Shuningdek, 468,8 ming tonna kaolin ham qazib olingan, bu esa 2024 yilga nisbatan 113,6 foizni tashkil etadi.
– 2025-2026 yil kuz-qish mavsumi uchun respublika byudjet tashkilotlari va aholiga 2,1 million tonnadan ortiq mahalliy ko‘mir yetkazib berish rejalashtirilgan. Mavsum boshidan buyon “Ko‘mir ta’minot” MCHJ respublika hududiy omborlariga 2,168,521 tonna yoqilg‘i qabul qilingan. Shu vaqt ichida aholiga 1,433,000 tonna, byudjet va davlat-xususiy sheriklik tashkilotlariga 657,1 ming tonna tarqatildi. Ko‘mir taqsimoti mycoal.uz portali orqali amalga oshirilmoqda. Joriy mavsumda 9,500 dan ortiq byudjet tashkiloti va 1,5 milliondan ortiq aholi xonadonlaridan arizalar qabul qilindi, – dedi Ne’mat Dushayev.
Shuningdek, hozirda aholi va byudjet tashkilotlari uchun qo‘shimcha ko‘mir yetkazib berish ishlari izchil davom ettirilmoqda. Shu maqsadda “Ko‘mir ta’minot” MCHJga qarashli 111 ta respublika hududiy ko‘mir ombori va shoxobchasi ishlab turibdi. Bugun, ya’ni 19 yanvar holatiga ko‘ra, omborlarda 77,965 tonna zaxira mavjud.
N.Ziyodullayeva,
O‘zA