O‘zbekistonning Yaponiyadagi Elchixonasida Paralimpiada sovrindori bilan uchrashuv bo‘lib o‘tdi
O‘zbekiston Respublikasining Yaponiyadagi Elchixonasi jamoasi bilan Tokio-2020 Paralimpiya o‘yinlarining para-yengil atletika sport turi bo‘yicha chempioni – oltin medal sovrindori Mohigul Hamdamova bilan uchrashuv bo‘lib o‘tdi.
Mohigul Hamdamova F57 toifasida disk uloqtirish bahsida qatnashib, 31.46 metr natija qayd etdi. Ushbu dasturda qatnashgan boshqa hech qaysi sportchi bu ko‘rsatkichga yaqin kela olmadi va Paralimpiya o‘yinlari chempioniga aylandi.
Vakolatxona rahbari Favqulodda va muxtor elchi Muxsinxo‘ja Abdurahmonov sportchimizga yuksak sovrinni qo‘lga kiritgani bilan tabriklab, unga kelgusida ulkan zafarlar va yangi g‘alabalar tiladi. Shuningdek, Elchi ushbu g‘alaba mustaqilligimizning 30-yillik bayramiga munosib tuxfa bo‘lganligini ta’kidladi.