Mamlakatimiz sportchilarining xalqaro sport maydonlarida qo‘lga kiritayotgan yutuqlari yildan yilga yuksalib bormoqda.
Ayniqsa, o‘tgan yillar davomida boks, futbol, dzyudo, taekvondo, velosport, og‘ir atletika kabi sport turlarida erishgan natijalarimiz nafaqat yurtimizda, balki xorijiy mamlakatlarda ham e’tirof etib kelinmoqda.
Shu kunlarda O‘zbekiston sportchilari, sport jamoalari yilning eng muhim sport musobaqasi – XXXIII yozgi Olimpiya o‘yinlariga qizg‘in tayyorgarlik ishlarini olib bormoqda.
Futbol, boks, dzyudo kabi bir qator sport turlari bo‘yicha terma jamoalarimiz Fransiyada, qaysidir sport turlari vakillari Yevropa davlatlarida, yana bir nechtasi mamlakatimizda Olimpiya o‘yinlarining so‘nggi o‘quv-mashg‘ulot yig‘inlarida qatnashmoqda.
Xo‘sh, olimpiyachilarimiz uchungina emas, mamlakatimiz sport hayotida muhim voqelik bo‘lgan, butun xalqimizning diqqat e’tibor markazida turgan "Parij-2024" o‘yinlarining mamlakatimiz uchun eng muhim jihatlari nimalarda o‘z aksini topmoqda? Yo‘llanmalarni qo‘lga kiritish borasida belgilangan rejalar bajarildimi? Bu borada aynan qaysi sport federatsiyalarda ishlar to‘g‘ri yo‘lga qo‘yildiyu, qay birlarida sustkashlik holati kuzatildi? Ilk bor Parijdagi Sena daryosi bo‘ylab tashkil etilayotgan ochilish marosimi, bevosita musobaqalarning tafsilotlarini, uning hayajonli lahzalarini xalqimizga to‘laqonli yetkazish borasida qanday ishlar olib borilmoqda?
<iframe width="853" height="480" src="https://www.youtube.com/embed/mMvGv1XWf6E" title="Zafar Imomxoʻjayev: Oʻzbekistonning yangi olimpiya tarixi yaratilmoqda" frameborder="0" allow="accelerometer; autoplay; clipboard-write; encrypted-media; gyroscope; picture-in-picture; web-share" referrerpolicy="strict-origin-when-cross-origin" allowfullscreen></iframe>Shu va o‘yinlar tegrasidagi boshqa masalalar xususida Milliy olimpiya qo‘mitasi axborot xizmati rahbari Zafar Imomxo‘jayev bilan suhbatlashdik.
Muloqot davomida shuningdek, sportchilarning jismoniy va ruhiy quvvatini doimiy holatda me’yorda ushlab turish, salomatligini, xavfsizligini ta’minlash kabi qator masalalar haqida so‘z yuritildi.
Suhbatni O‘zAning Youtubedagi kanali orqali ko‘rishingiz mumkin.
To‘lqin Ro‘ziyev, O‘zA