So‘nggi yillarda O‘zbekistonda jadal islohotlar va modernizatsiya jarayonlari kuzatilmoqda. Prezident Shavkat Mirziyoyev rahbarligida mamlakat nafaqat iqtisodiy, balki siyosiy, ijtimoiy va madaniy sohalarda ham tub o‘zgarishlarni boshidan kechirdi. Bu o‘zgarishlar nafaqat xalqimiz uchun, balki xalqaro miqyosda ham e’tirof etilayotgani bejiz emas.
O‘zbekistonda 2016 yildan boshlab amalga oshirilayotgan islohotlar tufayli, kambag‘allik darajasi 42 foizdan 8 foizga tushdi, investitsiyalar hajmi 30 milliard dollarga yetdi, mamlakat yalpi ichki mahsuloti so‘nggi yillarda o‘rtacha 5-6 foizga o‘sdi. 1000 dan ortiq qonun va qonunosti hujjatlari qayta ko‘rib chiqildi, davlat boshqaruvi shaffoflik va samaradorlik tamoyillariga asoslanilmoqda.
Yaqinda Pokiston Bosh vaziri Shahboz Sharifning rasmiy tashrifi davomida bildirgan yuksak bahosi ham fikrimizga yaqqol misol bo‘la oladi. Bosh vazir o‘z bayonotida Prezident Shavkat Mirziyoyev O‘zbekistonni qaytadan transformatsiya qilgani va jamiyatni qayta tiklaganini alohida ta’kidlab o‘tdi.
Darhaqiqat, mamlakatimizda Prezidentimiz rahbarligida keng qamrovli islohotlar amalga oshirilib, yangi davrga yo‘l olinmoqda. Davlatimiz rahbarining davlat boshqaruvi, iqtisodiy taraqqiyot va jamiyatni rivojlantirish yo‘lidagi qat’iy sa’y-harakatlari Markaziy Osiyo va xalqaro maydonda uni buyuk islohotchi sifatida ko‘rsatmoqda. Uning rahbarligidagi transformatsiya, o‘zining ko‘lami va ta’siri jihatidan Amir Temur, Li Kuan Yu, Den Syaopin kabi buyuk islohotchilarning tarixiy rolini eslatadi.
Prezident Mirziyoyev nafaqat mamlakatning ichki o‘zgarishlarini jadallashtirdi, balki xalqaro hamkorlikni mustahkamlab, O‘zbekistonni global iqtisodiy va siyosiy jarayonlarda faol ishtirok etuvchi davlatga aylantirdi. Bu o‘zgarishlar xalqaro tashkilotlar tomonidan ham e’tirof etilib, O‘zbekistonning dunyo miqyosidagi imijini yanada mustahkamlamoqda. Uning strategik islohotlari nafaqat hozirgi avlod uchun, balki kelajak avlodlar uchun ham mustahkam poydevor yaratmoqda. Uning tashabbuslari va rahbarligidagi o‘zgarishlar mamlakatning ichki taraqqiyotini jadallashtirib, xalqaro hamkorlik va mintaqaviy barqarorlik uchun mustahkam poydevor hozirlamoqda. Bu islohotlar nafaqat bir davlatning ichki o‘zgarishlari, balki xalqaro hamkorlik va mintaqaviy barqarorlikka ham ta’sir ko‘rsatishda muhim ahamiyat kasb etadi. Bu fikr xalqaro tashkilotlarning O‘zbekiston haqidagi musbat tahlillari bilan ham uyg‘undir.
So‘nggi yillarda O‘zbekistonda siyosiy islohotlar davlat boshqaruvini shaffoflashtirish, aholi huquqlarini himoya qilish va demokratik tamoyillarni mustahkamlashga yo‘naltirilgan. Prezident Shavkat Mirziyoyev rahbarligida bu jarayonlar izchil va tizimli amalga oshirilmoqda.
Jamiyatni qayta tiklash va ijtimoiy taraqqiyot yo‘nalishida amalga oshirilayotgan islohotlar xalqning turmush darajasini oshirish, ta’lim va tibbiyot sifatini yaxshilash, ijtimoiy himoya va tenglikni ta’minlashga qaratilgan. Prezident Shavkat Mirziyoyev rahbarligidagi islohotlarda inson kapitalini rivojlantirish, aholining salohiyatini oshirish va kelajak avlod uchun mustahkam poydevor yaratishga e’tibor berilgan.
O‘zbekistonda infratuzilma va sanoat modernizatsiyasi davlat taraqqiyotining ustuvor yo‘nalishlaridan biri hisoblanadi. Prezident Shavkat Mirziyoyev rahbarligida transport tizimi, energetika sektori va raqamli iqtisodiyot yo‘nalishlarida katta o‘zgarishlar amalga oshirildi. Bu islohotlar nafaqat mamlakatning ichki taraqqiyoti, balki global bozorlarga integratsiyani tezlashtirishga ham xizmat qilmoqda.
Pokiston Bosh vazirining Prezidentimiz olib borayotgan islohotlarga bergan yuqori bahosi xalqaro hamjamiyatning O‘zbekistondagi o‘zgarishlarga ijobiy munosabatiga dalildir. Shuningdek, BMT, Jahon banki, Islom taraqqiyot banki, Osiyo taraqqiyot banki va boshqa nufuzli xalqaro tashkilotlar ham O‘zbekistonning so‘nggi yillardagi taraqqiyotini yuqori baholamoqda. Prezident Shavkat Mirziyoyev rahbarligida amalga oshirilayotgan keng ko‘lamli islohotlar O‘zbekistonni mintaqadagi eng tez rivojlanayotgan davlatlar qatoriga qo‘shdi.
So‘nggi besh yil ichida O‘zbekistonning tashqi savdo aylanmasi 60 milliard dollarga yetdi. Bu esa 2016 yilga nisbatan 2,5 barobar o‘sishni anglatadi. 2024 yilda mamlakatning investitsiyaviy jozibadorligi ortib, o‘tgan yilga nisbatan 15 foiz ko‘proq xorijiy sarmoya jalb qilindi. Bugungi kunda 200 dan ortiq yirik xalqaro kompaniyalar O‘zbekiston bozorida o‘z faoliyatini yo‘lga qo‘ygan.
Tahlilchilar va xalqaro tashkilotlarning prognozlariga ko‘ra, 2030 yilga kelib O‘zbekiston Markaziy Osiyodagi eng yirik iqtisodiyotlardan biriga aylanadi.
2030 yilga kelib Prezident Shavkat Mirziyoyev rahbarligidagi O‘zbekiston xalqaro maydonda strategik va iqtisodiy markazga aylanishi kutilmoqda. Uning islohotlari mamlakatni nafaqat Markaziy Osiyodagi yetakchi iqtisodiyotga, balki global iqtisodiy jarayonlarda faol ishtirok etuvchi davlatga aylantiradi.
Kelajakda ushbu islohotlarni yanada chuqurlashtirish, eksport salohiyatini kengaytirish va Markaziy Osiyoda yetakchi iqtisodiy markazga aylanish uchun strategik rejalar ishlab chiqilmoqda. Prezident rahbarligidagi “Yangi O‘zbekiston” g‘oyasi barcha sohalarda tizimli rivojlanishni davom ettirishni nazarda tutadi.
Bugungi O‘zbekiston – yangi g‘oya, yangi strategiya va yangi tamoyillar asosida qayta tiklangan, o‘z yo‘lini topgan, buyuk kelajak sari dadil odimlayotgan davlatdir. Prezident Shavkat Mirziyoyev rahbarligida olib borilayotgan islohotlar nafaqat mamlakatning iqtisodiy va siyosiy qudratini mustahkamladi, balki millatning ruhiy tiklanishiga ham xizmat qildi. Bu nafaqat davlat modernizatsiyasi, balki xalqning o‘z salohiyatiga ishonishi, o‘z tarixiy maqomiga qaytishidir.
Shuni alohida ta’kidlash kerakki, Pokiston Bosh vaziri Shahboz Sharif Prezident Shavkat Mirziyoyevni bejizga “Siz jamiyatni qayta tikladingiz” deya e’tirof etmadi. Chunki Prezident nafaqat jamiyatni qayta tikladi, balki qaddi bukilgan xalqning ruhiy uyg‘onishiga, uning yana buyuk maqsadlar sari harakatlanishiga yo‘l ochdi. Bu islohotlar O‘zbekistonni haqiqiy ma’noda mintaqaning strategik markaziga va jahon miqyosida mustahkam pozitsiyaga ega, ishonchli sherik davlatga aylantirmoqda.
Endi biz – fuqarolarning vazifasi milliy davlatchilik poydevorini asrab-avaylash, uni yanada mustahkamlash va kelajak avlodlarga egilmas, sinmas va taraqqiy etuvchi shaklda yetkazishdir. Buyuk davlatlarni buyuk shaxslar qurgan, ammo uni asrash va rivojlantirish – butun millatning burchidir.
Furqat Jo‘raqulov,
Jizzax davlat pedagogika universiteti
o‘quv ishlari bo‘yicha prorektori,
siyosiy fanlar doktori, professor.