Arabic
Chinese
Turkish
Tajik
Kyrgyz
Turkmen
Japanese
Arabic
English
French
Spanish
Русский
German
Ўзбек
Oʻzbek
Қазақ
O‘zbekistonning xalqaro tashabbuslari Yaponiya OAV e’tiborida
16:58 / 2022-05-30

Yaponiyaning qariyb yarim asrdan buyon nashr etilayotgan va 360 ming nusxali «The Sekai Nippo» kundalik gazetasida “Yangi O‘zbekiston: pandemiya davrida faol islohotlar” sarlavhali maqola chop etildi.

Materialda «Covid-19» davrida O‘zbekiston hukumati tomonidan ko‘rilgan chora-tadbirlar, mamlakatimizning xalqaro maydonda erishayotgan yutuqlari batafsil bayon qilingan. Prezident Shavkat Mirziyoyevning global tashabbuslari natijasi o‘laroq, O‘zbekiston va Yaponiya  o‘rtasidagi strategik hamkorlikni faollashtirish yo‘lida o‘tgan yil erishilgan natijalar tahlil qilingan.

Yaponiya OAV mamlakatimizni BMT Inson huquqlari bo‘yicha kengashiga saylangani o‘zbek diplomatiyasining ulkan muvaffaqiyatidir, deb yozadi nashr. Bundan tashqari, maqolada qayd etilganidek, O‘zbekiston o‘tgan yili ilk bor Mustaqil Davlatlar Hamdo‘stligiga raislik  vazifasini o‘z zimmasiga olib, samarali ish olib bordi.

Materialda O‘zbekiston rahbarining xalqaro tashabbuslari, xususan, pandemiya davrida davlatlarning ixtiyoriy majburiyatlari Xalqaro kodeksini ishlab chiqish g‘oyasi,  BMTning yoshlar tashabbuslari to‘g‘risidagi Konvensiyasi, BMT Bosh assambleyasining Barqaror rivojlanish maqsadlariga erishish va inson huquqlarini ta’minlashda parlamentlar rolini oshirish hamda Orolbo‘yini ekologik innovatsiya va texnologiyalar hududi, deb e’lon qilish to‘g‘risidagi maxsus rezolyutsiya qabul qilinishi alohida qayd etilgan.

Maqolada xalqaro global mavzular bilan birga O‘zbekiston - Yaponiya o‘rtasidagi hamkorlik  istiqboli ham tahlil etilgan. Xususan, mamlakatimizda boshlangan keng ko‘lamli va jadal islohotlar, iqtisodiyot va sanoatni yanada erkinlashtirish jarayonida Yaponiya hukumati xalqlarimiz o‘rtasidagi do‘stlik va hamkorlik rishtasini mustahkamlashga hissa qo‘shishga tayyor ekani bildiriladi.

I. Abdumalikzoda, O‘zA