Қазақ
Chinese
Turkish
Tajik
Kyrgyz
Turkmen
Japanese
Arabic
English
French
Spanish
Русский
German
Ўзбек
Oʻzbek
Қазақ
O‘zbekistonning urug‘chilik sohasidagi investitsiya imkoniyatlari ko‘rib chiqildi
22:58 / 2025-08-27

O‘rta Osiyoning urug‘chilik sohasida iqtisodiy hamkorlik tashkiloti tomonidan onlayn tarzda “O‘zbekistonning urug‘chilik sohasidagi joriy holati va investitsiya imkoniyatlari” mavzusida tadbir tashkil etildi.

Konferensiyada O‘zbekiston Respublikasi Qishloq xo‘jaligi vazirligi huzuridagi Urug‘chilikni rivojlantirish markazi direktori Shuhrat Otajonov taqdimot qildi.

Konferensiyada Turkiyaning yetakchi kompaniyalari, vakolatli tashkilotlar ishtirok etdi. Shuningdek, Qishloq xo‘jaligi mahsulotlari sifatini baholash markazi direktori Jahongir Karimov hamda soha mutaxassislari o‘z fikrlari bilan qatnashdilar.

Tadbir davomida O‘zbekistonda urug‘chilik sohasining bugungi holati, sohaga davlat tomonidan berilayotgan imtiyozlar, eksport salohiyati va xalqaro bozor talablari, investitsiya imkoniyatlari hamda istiqboldagi hamkorlik yo‘nalishlari batafsil muhokama qilindi.

Konferensiya yakunida Turkiya va O‘zbekiston o‘rtasida urug‘chilik sohasida hamkorlikni kengaytirish, o‘zaro tajriba almashish va istiqboldagi loyihalarni birgalikda amalga oshirish bo‘yicha muhim kelishuvlarga erishildi.

Gulnoza Boboyeva,

O‘zA