Ўзбек
Chinese
Turkish
Tajik
Kyrgyz
Turkmen
Japanese
Arabic
English
French
Spanish
Русский
German
Ўзбек
Oʻzbek
Қазақ
O‘zbekistonning umumiy importi: mashinalar va uskunalar yetakchi o‘rinda
10:15 / 2025-11-21

2025 yil yanvar–sentyabr oylarida O‘zbekistonning umumiy import hajmi 33,1 milliard AQSH dollarini tashkil etdi. Bu ko‘rsatkich o‘tgan yilning mos davriga nisbatan 15,6 foizga oshgan. Bu haqda Milliy statistika qo‘mitasi ma’lum qildi.

Import tarkibida eng katta ulush mashinalar va transport asbob-uskunalariga to‘g‘ri kelmoqda — 11,2 milliard dollar yoki umumiy hajmning 33,9 foizi. Shuningdek, sanoat tovarlari 5,3 milliard dollar (15,9 foiz), kimyoviy vositalar va shunga o‘xshash mahsulotlar esa 4,1 milliard dollar (12,3 foiz) bilan asosiy o‘rinni egallamoqda.

Qolgan toifalar bo‘yicha import hajmi quyidagicha:

Xizmatlar — 3,6 milliard dollar (11 %)

Oziq-ovqat mahsulotlari va tirik hayvonlar — 3,1 milliard dollar (9,3 %)

Mineral yoqilg‘i va moylash materiallari — 2,6 milliard dollar (7,9 %)

Turli xil tayyor buyumlar — 1,2 milliard dollar (3,7 %)

Nooziq-ovqat xomashyo — 1,1 milliard dollar (3,3 %)

Hayvon va o‘simlik moylari, yog‘lar va mumlar — 387,5 million dollar (1,2%)

Ichimliklar va tamaki — 251 million dollar (0,8 %)

Boshqa tovarlar — 229,7 million dollar (0,7 %)

Shu tariqa, 2025 yilning dastlabki to‘qqiz oyida O‘zbekiston importida asosiy ulushni yuqori texnologiyali uskunalar, sanoat mahsulotlari va kimyoviy moddalar tashkil etgani qayd etildi.

Hamroz Bayanov,

O‘zA