Chinese
Chinese
Turkish
Tajik
Kyrgyz
Turkmen
Japanese
Arabic
English
French
Spanish
Русский
German
Ўзбек
Oʻzbek
Қазақ
O‘zbekistonning tinchlikparvar va ochiqlik siyosati (+video)
15:58 / 2023-11-03

Ma’lumki, 2-3 noyabr kunlari Qozog‘iston poytaxti Ostona shahrida Turkiy davlatlar tashkiloti davlat rahbarlari kengashi yig‘ilishi bo‘lib o‘tmoqda.

O‘zbekiston raisligida o‘tayotgan ushbu yig‘ilishda mamlakatimiz prezidenti bir qancha tashabbuslarni ilgari surdi. Jumladan, Falastin – Isroil masalasida tashkilotning yakdil bir nuqtai nazarni ilgari surishlikni ta’kidladi. Shu va boshqa xalqaro maydondagi voqealar xususida Toshkent Davlat Sharqshunoslik Universiteti kafedra mudiri, sharqshunos olim Shavkat Ikromov bilan suhbatlashamiz. 

- Dastlab, Qozog‘iston poytaxti Ostona shahrida Turkiy davlatlar tashkiloti davlat rahbarlari kengashi yig‘ilishi bo‘lib o‘tmoqda va unda davlatimiz rahbari ham ishtirok etmoqda bu haqida sizning fikringizni bilmoqchidim.

- Turkiy davlatlarning ittifoqlashuvi, integratsiyalashuvi bu aslida yangi bir xodisa emas. Turkiy xalqlar azaldan birlashuvga, ittifoqlashuvga va turli masalalar bo‘yicha kengashib, yakdil bir hulosalarga kelishga harakat qilib kelishgan. Lekin, tarixdagi turli davrlarda bunga to‘siqlar ham bo‘lgan. Hususan, Sovet Ittifoqi mavjud bo‘lgan yillarda turkiy davlatlarning o‘zaro ittifoqlashuvi uchun, o‘zaro maslahatlashuvi uchun real imkoniyatlar bo‘lmagan. Sovet Ittifoqi parchalanganidan so‘ng turkiy davlatlarning ko‘pchiligi, hususan, O‘zbekiston, Ozarbayjon, Qozog‘iston, Qirg‘iziston, Turkmaniston kabi mustaqil turkiy tilli davlatlar dunyo siyosiy xaritasida paydo bo‘lganidan keyin ham Turkiya va turkiy davlatlar o‘rtasidagi munosabatlarda jarayonlar silliq kechmadi. Ko‘plab o‘ziga xos jihatlar bo‘ldi, ta’sir ko‘rsatuvchi faktorlar bo‘ldi va bu integratsiya juda bir faol ko‘rinishga chiqmadi. 2016 yil Shavkat Mirziyoyev Prezident etib saylanganidan so‘ng O‘zbekistonda boshlangan ochiq, konstruktiv siyosat, eng avvalo, qo‘shnilar bilan yaqin hamkorlikning o‘rnatilishi, dunyodagi integratsiya jarayonlariga yangicha impuls bergan...

- Hozirgi kunda dunyo hamjamiyati tinchlikni ta’minlash borasida ko‘plab sa’y-harakatlarni amalga oshirib kelmoqda. O‘zbekiston ham tinchliksevar mamlakat. Tinchlik bor joyda taraqqiyot ham ta’minlab beriladi. Yaqin Sharq haqida to‘xtalib o‘tdingiz. Yaqin Sharqdagi mojarolarni qandaydir yechimlari bormi? Ixtiloflarning kelib chiqish sabablari nimalardan iborat edi? Shu haqida ham to‘xtalib o‘tsangiz.

<iframe width="650" height="420" src="https://www.youtube.com/embed/FM_H2GhucuI" title="Ўзбекистоннинг тинчликпарвар ва очиқлик сиёсати" frameborder="0" allow="accelerometer; autoplay; clipboard-write; encrypted-media; gyroscope; picture-in-picture; web-share" allowfullscreen></iframe>

- BMT qarori bilan 1947 yilda ikki davlat tuzilishi bo‘yicha kelishuvga erishilgandi. Yahudiylar va arablar davlati tuzilishi bo‘yicha kelishuv bo‘lgandi. Yahudiylar va arablar yashaydigan davlatni tuzish bo‘yicha BMT qarori bor edi va bu qarorga ko‘ra 1948 yilda Isroil davlati tashkil topdi. Afsuski, arablar yashaydigan davlat tashkil topa olmadi...

Qiziqarli suhbatning davomi videoda batafsil to‘xtalib o‘tilgan.

Sanjar Toshpo‘latov

Yoqubjon Meliboyev (video), O‘zA