O‘zbekistonning tashqi savdo salohiyati ortmoqda
Hozirda O‘zbekiston jahonning 194 mamlakati bilan savdo aloqalarini amalga oshirib kelmoqda. Bunda Xitoy, Rossiya, Qozog‘iston, Turkiya va Koreya Respublikasi yetakchi davlatlardan hisoblanadi.
Milliy statistika qo‘mitasi ma’lumotlariga ko‘ra, 2025 yilning yanvar-iyun oylarida mamlakatimizning tashqi savdo aylanmasi 37 mlrd. AQSH dollariga yetgan.
Tashqi savdo aylanmasi hajmi o‘tgan yilning mos davriga nisbatan solishtirilganda 7,7 mlrd. AQSH dollariga yoki 26,3 foizga oshgan.
Ma’lumotga ko‘ra, tashqi savdo aylanmasining nisbatan salmoqli hissasi Xitoy (6 556,8 mln AQSH dollari), Rossiya (6 028,3 mln AQSH dollari), Qozog‘iston (2 210,3 mln AQSH dollari), Turkiya (1 340 mln AQSH dollari) va Koreya Respublikasida (837,1 mln AQSH dollari) qayd etilgan.
Bunda eksport 16,9 mlrd. AQSH dollarini, import esa 20,1 mlrd. AQSH dollarini tashkil etadi.
Gulnoza Boboyeva, O‘zA