Ўзбек
Chinese
Turkish
Tajik
Kyrgyz
Turkmen
Japanese
Arabic
English
French
Spanish
Русский
German
Ўзбек
Oʻzbek
Қазақ
O‘zbekistonning tashqi savdo ko‘rsatkichlari oshib bormoqda
20:51 / 2025-12-24

2025 yil yanvar–noyabr oylarida O‘zbekistonning tashqi savdo aylanmasi 72,8 milliard AQSH dollarini tashkil etdi. Bu ko‘rsatkich o‘tgan yilning mos davriga nisbatan 13 milliard dollarga yoki 21,8 foizga oshgan. Bu haqda Milliy statistika qo‘mitasi ma’lum qildi.

Hisobot davrida eksport hajmi 30,9 milliard dollarni tashkil etib, 26,2 foizga o‘sdi. Import esa 41,9 milliard dollarga yetib, 18,7 foizga ko‘paydi.

Bugungi kunda O‘zbekiston dunyoning 210 ta mamlakati bilan savdo aloqalarini olib bormoqda. Tashqi savdo aylanmasida eng yuqori ulush Xitoy (20,1 foiz), Rossiya (16,2 foiz), Qozog‘iston (6 foiz), Turkiya (3,7 foiz) va Koreya Respublikasi (2,2 foiz) hissasiga to‘g‘ri kelmoqda.

Hamroz Bayanov, O‘zA