English
Chinese
Turkish
Tajik
Kyrgyz
Turkmen
Japanese
Arabic
English
French
Spanish
Русский
German
Ўзбек
Oʻzbek
Қазақ
O‘zbekistonning tashqi savdo aylanmasi 8 oyda 51,4 milliard dollarni tashkil etdi
16:54 / 2025-09-22

Milliy statistika qo‘mitasi hisobotida qayd etilishicha, joriy yilning yanvar-avgust oylarida tashqi savdo aylanmasi hajmi 51,4 milliard dollarni tashkil etgan.

Bu ko‘rsatkich, o‘tgan yilning shu davriga nisbatan 8,5 milliard dollarga (19,8 foiz) ko‘pdir. Eksport yil boshidan 22,9 mlrd. dollarga (+31,3%), import 28,5 mlrd dollarga (+11,8%) yetdi. Tashqi savdo taqchilligi 5,4 milliard dollarni tashkil etdi. 

Eksport tarkibida tovarlar 75,2 foizni, shundan sanoat tovarlari 11,1 foizni, oziq-ovqat mahsulotlari va tirik hayvonlar 7,8 foizni, kimyoviy moddalar va shunga o‘xshash mahsulotlar 5,9 foizni, mineral yoqilg‘ilar, surkov moylari va shunga o‘xshash materiallar 4,4 foizni tashkil etdi. 

Import tarkibida asosiy ulushni mashinalar va transport uskunalari egallaydi (33,8%). Sanoat tovarlari ulushi 16,1 foizni, xizmatlar ulushi 10 foizni, kimyoviy moddalar va shunga o‘xshash mahsulotlar ulushi 12,6 foizni tashkil etdi. 

Hisobotda qayd etilishicha, O‘zbekiston dunyoning 200 ta davlati bilan savdo aloqalarini amalga oshiradi. Shu bilan birga, tashqi savdo aylanmasining eng katta hajmi Xitoy (18,9%) va Rossiya (16,1%) bilan qayd etildi. 

Xitoy bilan tovar ayirboshlash hajmi 9,7 mlrd. dollarga yetdi, shundan 8,45 mlrd. dollar tovar va xizmatlar importi, 1,2 mlrd. dollar esa O‘zbekiston mahsulotlari eksportiga to‘g‘ri keladi. O‘tgan yilning shu davriga nisbatan tovar ayirboshlash hajmi 1,7 mlrd. dollarga oshdi. 

Rossiya bilan tovar ayirboshlash 509 million dollarga oshib, 8,3 milliard dollarni tashkil etdi. Rossiyadan import hajmi 5,43 milliard dollarni, eksport hajmi esa 2,8 milliard dollarni tashkil etdi. 

Qozog‘iston O‘zbekistonning uchinchi yirik savdo sherigi bo‘lib qolmoqda, tovar ayirboshlash hajmi 394 million dollarga oshib, 3 milliard dollarga yetdi. 

Sh.Mamaturopova, O‘zA