Қазақ
Chinese
Turkish
Tajik
Kyrgyz
Turkmen
Japanese
Arabic
English
French
Spanish
Русский
German
Ўзбек
Oʻzbek
Қазақ
O‘zbekistonning tashabbuskorligi, mintaqaviy loyihalardagi mas’uliyatli pozitsiyasi e’tirof etildi
18:33 / 2025-11-14

Dushanbe shahrida bo‘lib o‘tgan MDH Parlamentlararo assambleyasining 59-yalpi majlisida mintaqaviy parlamentlararo hamkorlikni rivojlantirish, qonunchilik tizimini takomillashtirish hamda barqaror ijtimoiy-iqtisodiy taraqqiyot masalalari muhokama qilindi.

Parlamentlararo tajriba almashish, model qonunlar va tavsiyalar ishlab chiqish, yoshlar siyosati, huquqni himoya qilish, migratsiya, hududiy xavfsizlik, ekologiya va ijtimoiy-iqtisodiy barqarorlik masalalari ko‘rib chiqildi.

O‘zbekiston Senati Raisi Tanzila Norboyeva majlisda nutq so‘zlab, yoshlar parlamenti, odam savdosiga qarshi kurashish va jabrlanganlarni ijtimoiy reabilitatsiya qilish bo‘yicha tashabbuslarni ilgari surdi.

Hududiy xavfsizlikni mustahkamlash va tarixiy xotirani saqlash, yosh avlodda milliy va umumbashariy qadriyatlarni shakllantirishga qaratilgan insonparvarlik loyihalari, jumladan, “Bolalar hamdo‘stligi” va “Xotira poyezdi” tashabbuslari o‘rtaga tashlandi.

MDH mamlakatlari delegatsiyalari O‘zbekistonning  tashabbuskorligi, mintaqaviy loyihalardagi mas’uliyatli pozitsiyasini alohida e’tirof etdi.

O‘zbekistonning insonparvarlik tashabbuslari, yoshlar va tarixiy xotirani saqlash yo‘nalishidagi loyihalari yuqori baholandi.

Majlisda parlamentlararo hamkorlikni mustahkamlash, mintaqaviy barqarorlikni kuchaytirish va qonunchilikni takomillashtirish bo‘yicha kelgusidagi rejalarga asos soluvchi qarorlar qabul qilindi.

N.Abduraimova, O‘zA