Rahmatulla Nurimbetov O‘zbekistonning Shvetsiyadagi Favqulodda va muxtor elchisi etib tayinlandi. U bugun tunda Stokgolmga yetib borgan.
2023-2024 yillari mamlakatimiz tashqi ishlar vaziri o‘rinbosari lavozimida ishlagan 47 yoshli bu diplomat Jahon iqtisodiyoti va diplomatiya universiteti, Toshkent davlat sharqshunoslik instituti (hozirgi TDSHU) va O‘zbekiston Milliy universitetini tamomlagan. Siyosiy fanlar doktori (DsC) darajasiga ega.
Mehnat faoliyatini Prezident huzuridagi Strategik va mintaqalararo tadqiqotlar institutida boshlagan. 2003 yildan buyon TIV tizimida faoliyat ko‘rsatmoqda. Xususan, markaziy boshqaruv apparati, shuningdek Germaniya va Ispaniyadagi elchixonalarda turli lavozimlarda ishlab, tashqi ishlar vaziri o‘rinbosari darajasigacha ko‘tarilgan. 2018-2024 yillarda O‘zbekistonning SHHT ishlari bo‘yicha milliy koordinatori vazifasini bajargan. Nemis, ispan va ingliz tillarini biladi.
Rahmatulla Nurimbetov 2022-2024 yillarda O‘zbekistonning Shvetsiyadagi elchixonasiga rahbarlik qilgan Nodir G‘aniyev o‘rniga tayinlandi.
O‘zA