Chinese
Chinese
Turkish
Tajik
Kyrgyz
Turkmen
Japanese
Arabic
English
French
Spanish
Русский
German
Ўзбек
Oʻzbek
Қазақ
O‘zbekistonning oziq-ovqat importida Qozog‘iston yetakchilik qilmoqda
15:14 / 2022-10-25

«Kazinform» agentligining mamlakatimiz Davlat statistika qo‘mitasi ma’lumotlariga tayanib yozishicha, 2022 yil yanvardan sentyabrgacha Qozog‘iston O‘zbekistonga oziq-ovqat mahsulotlari eksport qilayotgan asosiy mamlakatlar ro‘yxatida birinchi o‘rinni saqlab kelgan.

O‘zbekiston import qilayotgan oziq-ovqat mahsulotlarining umumiy miqdorida Qozog‘istonning ulushi 36,2 foizni tashkil etgan.

Xabarda aytilishicha, asosiy talab Qozog‘iston bug‘doyiga to‘g‘ri kelmoqda. Ko‘rsatilgan davr mobaynida O‘zbekiston qo‘shni mamlakatdan 1,8 million tonna bug‘doy, 280 ming tonna un, 73 ming tonna arpa, 65 ming tonna o‘simliklar yog‘i va 49,6 ming tonna kartoshka import qilgan.

Qozog‘istonning oziq-ovqat mahsulotlarini eng ko‘p import qilayotgan mamlakatlar beshligiga Rossiya, (24 foiz), Braziliya (14,7 foiz), Belarus (4,3 foiz) va Pokiston (2,2 foiz) ham kiradi. Bundan avval O‘zbekiston import qilayotgan unning 95 foizidan ko‘prog‘i Qozog‘iston mahsuloti ekani ma’lum qilingan edi.