Қазақ
Chinese
Turkish
Tajik
Kyrgyz
Turkmen
Japanese
Arabic
English
French
Spanish
Русский
German
Ўзбек
Oʻzbek
Қазақ
O‘zbekistonning notarial sohadagi tajribasini xorijliklar o‘rganmoqda
10:59 / 2022-10-10

O‘zbekiston Notarial palatasi binosida O‘zbekiston Respublikasi Adliya vazirligi mas’ul xodimlari hamkorligida Ozarbayjon Notarial palatasi hamda Adliya vazirligi mas’ul xodimlari ishtirokida zoom platformasida “Elektron apostil dasturi” mavzusida muloqot bo‘lib o‘tdi.

Ozarbayjon Respublikasi Adliya vazirligi hamda Notarial palatasi mas’ullari O‘zbekiston tomonidan elektron apostil dasturi(E-APP)ning ishlashi, bevosita hujjatni kiritish jarayonida hujjat haqida ma’lumotlar ko‘rinishi, uning huquqiy xizmat ko‘rsatuvchilar hamda fuqarolar uchun ahamiyati bilan qiziqdi.  

O‘zbekiston Respublikasi Adliya vazirligi ma’muriy tartib-tamoyillarni monitoring qilish bo‘limi boshlig‘i Abdufattoh Shokirov hamda Innovatsion texnologiyalarni joriy etish bo‘limi boshlig‘i Usmon Baratov  “E-APP – elektron apostil” dasturi haqida ma’lumot berdi.

Ushbu dasturga davlat xizmatlari yagona portali orqali elektron kalit bilan kirish mumkinligi, shuningdek, DXMlarga murojaat qilgan fuqaroga qog‘oz yoki elektron formatda olib berilishini ichiga olgan jarayonlar taqdimot qilindi.

Muloqot so‘ngida O‘zbekistonda joriy qilingan “E-APP – elektron apostil” dasturi ozarbayjonlik hamkorlar tomonidan yuqori baholandi va bu borada O‘zbekistonlik hamkasblarning tajribasini o‘rganish juda qiziq bo‘lganini e’tirof etdi.

 

O‘zA