Ўзбек
Chinese
Turkish
Tajik
Kyrgyz
Turkmen
Japanese
Arabic
English
French
Spanish
Русский
German
Ўзбек
Oʻzbek
Қазақ
O‘zbekistonning necha nafar dzyudochisi xalqaro reytingdan joy oldi?
16:41 / 2024-05-13

Xalqaro dzyudo federatsiyasi (IJF) Qozog‘istonda poyoniga yetgan "Katta dubulg‘a" turkumidagi xalqaro turnir yakunlariga ko‘ra yangilangan reytingni e’lon qildi. Xo‘sh, O‘zbekiston dzyudochilarining vaznlardagi joylashuvi qanday bo‘ldi? Necha nafar sportchimizning nomi IJF reytingida keltirib o‘tildi?

“Parij-2024” o‘yinlari ostonasida yangilangan IJF reytingida O‘zbekiston terma jamoasi a’zolaridan Diyora Keldiyorova (-52), Davlat Bobonov (-90), Muzaffarbek To‘raboyev (-100) har bir vazndagi kuchli yuzlik ro‘yxatida 2-o‘rinlarda qayd etilgan bo‘lsa, 16 nafar iste’dodli dzyudochimiz TOP-20 talikdan o‘rin egalladi. 

Yurtimiz dzyudochilari orasida -60 kiloda Dilshodbek Boratov 15-o‘rinda, Doston Ro‘ziyev 18-o‘rinda qayd etildi. 66 kiloda Mehriddin Tilovov va Sardor Nurillayev 11 va 12-pog‘onalarni, -73 kilogrammda Shahram Ahadov 4, Murodjon Yo‘ldoshev 6, Obidxon No‘’monov 21-qatorda ko‘rinish berdi. 

Shuningdek, 81 kilogrammda 3 nafar, 90 kiloda 2 nafar, 100 kilogrammda 4 nafar, +100 kilogrammlilar orasida esa 3 nafar sportchimiz munosib pog‘onalarni band qilgani ko‘rsatib o‘tilgan. 

Dzyudochi qizlar reytingida O‘zbekiston terma jamoasining 13 nafar a’zosi o‘rin egallaganini nazarda tutsak, yurtimizda ayollar dzyudosi jadallik bilan rivoj topayotganini ko‘rsatmoqda. 

Muxtasar aytganda, 19-23 may kunlari Abu-Dabi shahrida o‘tadigan jahon chempionati oldidan e’lon qilingan reytingda 30 nafardan ziyod mahoratli yoshlarimiz nomi keltirilgani dzyudo bo‘yicha O‘zbekiston terma jamoasining “Parij-2024”dagi o‘rni salmoqli bo‘lishidan dalolat berayotgandek. 

T.Ro‘ziyev, O‘zA