Arabic
Chinese
Turkish
Tajik
Kyrgyz
Turkmen
Japanese
Arabic
English
French
Spanish
Русский
German
Ўзбек
Oʻzbek
Қазақ
O‘zbekistonning muhim tarixiy hujjatlari «Jahon xotirasi» xalqaro reyestriga kiritildi
16:37 / 2023-08-16

YUNESKO Ijroiya kengashining 216-yig‘ilishida “Jahon xotirasi” xalqaro reyestrini kengaytirish to‘g‘risida qaror qabul qilindi.

Ro‘yxatga O‘zbekistondan ikkita hujjat -*“Buxoro amirligi Qushbegi mahkamasining arxiv fondi” (O‘zbekiston Milliy arxivi) va “Mavlono Jaloliddin Rumiy asarlari” (O‘zbekiston Respublikasi Fanlar akademiyasi qoshidagi Abu Rayhon Beruniy nomidagi Sharqshunoslik instituti) kiritildi.  

“Jahon xotirasi” dasturi dunyoning qimmatli arxiv va kutubxona fondlarini saqlash, ularda saqlanayotgan xazinalar haqidagi ma’lumotlarni keng targ‘ib qilish maqsadida 1992 yilda YUNESKO tomonidan tashkil etilgan. Bu haqida O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi huzuridagi  Madaniyat va san’atni  rivojlantirish jamg‘armasi matbuot xizmati xabar berdi.

N.Usmonova tayyorladi, O‘zA