Ўзбек
Chinese
Turkish
Tajik
Kyrgyz
Turkmen
Japanese
Arabic
English
French
Spanish
Русский
German
Ўзбек
Oʻzbek
Қазақ
O‘zbekistonning MDH davlatlari bilan savdo aylanmasi hajmi oshgan
17:01 / 2021-12-17

O‘zbekiston Respublikasi raisligida MDHga a’zo davlatlar mintaqalararo va chegara oldi hamkorlik bo‘yicha Kengashining X yig‘ilishi bo‘lib o‘tdi.

Iqtisodiy taraqqiyot va kambag‘allikni qisqartirish vazirligi matbuot xizmati xabariga ko‘ra, yig‘ilishda Armaniston, Belarus, Qozog‘iston, Rossiya, Tojikiston, Qirg‘iziston respublikalari iqtisodiyot va savdo vazirligi, MDHga a’zo mamlakatlar parlamentlararo Assambleyasi vakillari ishtirok etdi.


Tadbirda aloqalarning joriy holati, 2030 yilgacha bo‘lgan davrda MDHning hududlararo va chegara oldi hamkorligi konsepsiyasi ijrosi bilan bog‘liq ishlarga alohida to‘xtalib o‘tildi. MDH hududlari forumini tashkil etish va o‘tkazish konsepsiyasi loyihasi ko‘rib chiqildi, shuningdek, boshqa masalalar ham muhokama qilindi.


Yig‘ilish davomida ishtirokchilarning turli mavzudagi ma’ruzalari tinglandi. Xususan, O‘zbekiston tomoni hali ham davom etayotgan pandemiyaga qaramasdan, mamlakatimizning MDH davlatlari bilan tashqi savdo aylanmasi hajmi oshganini ta’kidladi.

O‘zA