Poytaxtimizda “O‘zbekiston akkreditatsiya markazi” DM tomonidan Butunjahon akkreditatsiya kuni va O‘zbekiston milliy akkreditatsiya tizimining so‘nggi 5 yillik faoliyatiga bag‘ishlangan xalqaro anjuman bo‘lib o‘tdi.
Ta’kidlash lozimki, bugungi kunda yurtimiz iqtisodiyotini mustahkamlash, eksport salohiyatini oshirish, sifat infratuzilmasini rivojlantirish borasida qator islohotlar olib borilmoqda. Zero, mahsulot, jarayon, xizmat ko‘rsatish masalalarida iste’molchilar va davlat huquqlarini himoya qilish, mahsulot sifati va raqobatbardoshligini oshirish, savdoda texnik to‘siqlarni bartaraf etish respublika iqtisodiyoti rivojining ustuvor vazifalari hisoblanadi.
“O‘zbekiston akkreditatsiya markazi” DM 5 yillik faoliyati sarhisob qilindi. Sohada bir qator natijalarga erishildi. Kalibrlash va sinov laboratoriyalari, menejment tizimlari hamda mahsulotlarni sertifikatlashtirish organlari xalqaro tan olingan darajada akkreditatsiyadan o‘tkazib kelinmoqda.
[gallery-17817]
Tizimda 176 ta texnik ekspert, 54 ta baholovchi faoliyat yuritmoqda va ularning safi kengayib bormoqda. Rivojlangan davlatlar tajribasi - akkreditatsiya tizimini halqaro talablarga moslashtirish mexanizmidan foydalanish mamlakat iqtisodiyoti va eksport ko‘lamini oshirishda yuqori samara berganini ko‘rsatib turibdi.
Shu bois, milliy muvofiqlikni baholash tizimining xalqaro doirada tan olinishini ta’minlash uchun mintaqaviy Osiyo-Tinch okeani akkreditatsiya hamkorligi (ARAS), Laboratoriyalar akkreditatsiyasi bo‘yicha xalqaro hamkorlik (ILAC), Xalqaro akkreditatsiya forumi (IAF) tashkilotlariga teng huquqli a’zo bo‘lish yuzasidan bosqichma-bosqich ishlar olib borildi.
Xalqaro anjumanda qayd etilishicha, akkreditatsiya organi faoliyati xalqaro ILAC va IAF tashkilotlari talablari asosida tashkil etildi. Faoliyatni tartibga soluvchi 3 ta Prezident hujjatlari va 2 ta Vazirlar Mahkamasi qarori, 1 ta qonun qabul qilindi, 89 ta O‘zAKK menejment tizimiga oid hujjatlar to‘plami ishlab chiqildi.
2022 yil sentyabr oyida Milliy akkreditatsiya tizimi xalqaro doirada baholashdan o‘tkazilib, Akkreditatsiya natijalarini o‘zaro tan olish to‘g‘risidagi ko‘p tomonlama Bitimlarga qo‘shildi.
<iframe width="640" height="420" src="https://www.youtube.com/embed/uclkmbbYIws" title="Oʻzbekistonning JSTga aʼzo boʻlish jarayoni jadallashmoqda" frameborder="0" allow="accelerometer; autoplay; clipboard-write; encrypted-media; gyroscope; picture-in-picture; web-share" referrerpolicy="strict-origin-when-cross-origin" allowfullscreen></iframe>
– Davlatimiz rahbari tomonidan Jahon savdo tashkilotiga a’zo bo‘lish doirasida asosiy muzokaralarni yakunlab, ichki qonunchilikni moslashtirish, yangi standartlarni joriy etish ishlarini jadallashtirish bo‘yicha vazifalar belgilab berilgan edi, – deydi O‘zbekiston akkreditatsiya markazi direktori Ansabxon Zokirov. – Ushbu vazifalarning samarali ijrosini ta’minlash, muvofiqlikni baholash organlarini akkreditatsiyadan o‘tkazish faoliyatini xalqaro standartlar asosida tashkil etish hamda akkreditatsiya natijalari xalqaro darajada tan olinishiga erishish uchun Milliy sifat tuzilmasining ajralmas qismi bo‘lgan “Muvofiqlikni baholash organlarini akkreditatsiya qilish to‘g‘risida”gi yangi qonun qabul qilindi.
Xalqaro tan olish ko‘lamini kengaytirish maqsadida yana bir qator sxemalarni xalqaro darajaga olib chiqish, sinov natijalarini xalqaro maydonda tan olinishiga erishish, mahalliy mahsulotlarni eksport qilishda yuzaga kelishi mumkin bo‘lgan texnik to‘siqlarni bartaraf etish, xalqaro normalarni tizimga joriy qilgan holda O‘zbekistonning JSTga a’zo bo‘lish jarayonini jadallashtirishga hissa qo‘shishni asosiy maqsadlarimiz sifatida belgilab olganmiz.
Shahnoza Mamaturopova,
O‘zA