Chinese
Chinese
Turkish
Tajik
Kyrgyz
Turkmen
Japanese
Arabic
English
French
Spanish
Русский
German
Ўзбек
Oʻzbek
Қазақ
O‘zbekistonning Jiddadagi Bosh konsuli UNA rahbari bilan uchrashdi
20:37 / 2023-03-28

O‘zbekiston Respublikasining Jidda shahridagi Bosh konsuli Nodirjon Turg‘unov Islom hamkorlik tashkiloti axborot agentliklari ittifoqi - UNA bosh qarorgohida Bosh direktor vazifasini bajaruvchi Muhammad Abd Rabbo Al-Yamiy bilan uchrashdi. Bu haqda UNA manbalarida ma’lum qilindi.

Muloqot chog‘ida O‘zbekiston Bosh konsuliga ittifoqning a’zo davlatlar uchun asosiy media-maydon sifatidagi roli, shuningdek, sohani rivojlantirish istiqboli, kelgusi yillarga mo‘ljallangan harakatlar rejasi haqida ma’lumotlar berildi. Ayni yo‘nalishdagi faoliyat shaffoflik, o‘zaro ishonch tamoyiliga, bag‘rikenglikka undaydigan islomiy qadriyatlarga asoslangani ta’kidlandi.

Bosh konsul Ittifoqning mavjud aloqani, ommaviy axborot vositalari xodimlari o‘rtasidagi kasbiy rishtani yanada mustahkamlashdagi rolini yuqori baholab, mamlakatimiz hamkorlikni kengaytirishdan manfaatdor ekanini ma’lum qildi.

Muharrama Pirmatova, 
O‘zA