Русский
Chinese
Turkish
Tajik
Kyrgyz
Turkmen
Japanese
Arabic
English
French
Spanish
Русский
German
Ўзбек
Oʻzbek
Қазақ
O‘zbekistonning Janubiy Koreyadagi elchisi Sirdaryoga tashrif buyurdi
15:34 / 2021-01-10

O‘zbekiston Respublikasining Janubiy Koreyadagi Favqulotda va muxtor elchisi hamda Sirdaryo viloyati hokimi o‘rtasida uchrashuv bo‘lib o‘tdi.

Bu haqda viloyat hokimligi Axborot xizmati xabar berdi.

Sirdaryo viloyati hokimligining qabullar saroyida mamlakatimizning Janubiy Koreyadagi Favqulotda va muxtor elchisi Vitaliy Fen hamda Sirdaryo viloyati hokimi G‘ofurjon Mirzayev o‘rtasida Janubiy Koreya kompaniyalari va Sirdaryo viloyati o‘rtasida ikki tomonlama savdo-iqtisodiy, investitsiya va moliya-texnika sohalarida hamkorlikning hozirgi va istiqboldagi holatlari yuzasidan muzokara bo‘lib o‘tdi.

Ushbu uchrashuv davomida tomonlar, viloyatda farmatsevtika sohasini yanada rivojlantirish, qishloq xo‘jaligi yo‘nalishida zamonaviy issiqxonalar barpo etish, mavjud mahalliy xomashyolardan keng foydalangan holda ishlab chiqarishni takomillashtirish uchun investitsiya kiritish, epidemiologik holat barqororlashishi bilan Sirdaryo viloyatida  Janubiy Koreya ishbilarmon doiralari ishtirokida biznes forum tashkil etish, “Sardoba” suv ombori toshqinidan zarar ko‘rgan hududlarga gumanitar yordam ko‘rsatish, ishsiz aholi bandligini ta’minlash va shu kabi masalalar muhokama qilindi.

Muzokaralar davomida elchi Vitaliy Fen o‘zi tug‘ilib o‘sgan yurt, ya’ni O‘zbekistonni har tomonlama rivojlanishi uchun bor kuch g‘ayratini ayamasligi hamda Sirdaryo viloyati uchun yaqindan yordam berishga tayyor ekanligini alida  ta’kidladi.

Uchrashuv  yakunida viloyat hokimi tomonidan martabali mehmonga tashrif uchun minnatdorchilik bildirilib, esdalik sovg‘alari taqdim etildi.

A.QAYUMOV, O‘zA