Chinese
Chinese
Turkish
Tajik
Kyrgyz
Turkmen
Japanese
Arabic
English
French
Spanish
Русский
German
Ўзбек
Oʻzbek
Қазақ
O‘zbekistonning jajji “aql gimnastikasi” ustalari
15:48 / 2026-01-28

Poytaxtimizdagi Xalqaro shaxmat akademiyasida 6 yoshgacha bo‘lgan o‘g‘il-qizlar o‘rtasida shaxmat bo‘yicha o‘tkazilgan O‘zbekiston chempionati jajji “aql gimnastikasi” ustalariga bir olam taassurotlarni tortiq etdi.

Yurtimizda ilk bor ushbu yosh toifasida tashkil etilgan mamlakat birinchiligining standart yo‘nalishidagi bahslarda o‘g‘il bolalar orasida “Akademiya” jamoasi vakili Imronbek Akramov 9 imkoniyatdan 8 ochko jamg‘arib g‘oliblikka erishgan bo‘lsa, qashqadaryolik Muhammadali Komiljonov hamda Muhammad Yusuf Xajinigmanov 7,5 ochko bilan keyingi o‘rinlarni egalladi.

Qiz bolalar musobaqasida qatnashgan 27 nafar ishtirokchi orasida Jamilaxon Isamiddinova(Akademiya) 8,5 ochko bilan chempionlik shohsupasiga ko‘tarildi. Keyingi pog‘onalarni 7 ochko jamg‘argan Darina Larina(Qoraqalpog‘iston) va Mo‘minabegim Anvarjonova(Farg‘ona) band etdi.

Chempionatning rapid yo‘nalishida o‘tkazilgan 7 ta turdan iborat bahslarda 6 ochko to‘plagan Usmonxon Bahodirov(Toshkent) qo‘shimcha ko‘rsatkichlarga ko‘ra, mamlakat chempionligini qo‘lga kiritdi. Jajji qizaloqlar bahsida esa farg‘onalik Mo‘minabegim Anvarjonova 6 ochko bilan oltin medalga ega chiqdi.

T.Ro‘ziyev, O‘zA