Chinese
Chinese
Turkish
Tajik
Kyrgyz
Turkmen
Japanese
Arabic
English
French
Spanish
Русский
German
Ўзбек
Oʻzbek
Қазақ
O‘zbekistonning Jahon savdo tashkilotiga qo‘shilish jarayoni jadallashtiriladi
11:04 / 2022-11-10

Bu haqda O‘zbekiston-Vengriya biznes-forumida Investitsiyalar va tashqi savdo vaziri Jamshid Xodjayev ma’lum qildi.

«Islohotlarimizning keyingi ustuvor yo‘nalishlari bu:

- qonun ustuvorligini ta’minlash;

- sud-huquq tizimini yanada isloh kilish;

- korrupsiyaga qarshi samarali kurashish;

- bank-moliya tizimlarini zamon talablariga mos ravishda takomillashtirish;

- davlat ulushi mavjud bo‘lgan yirik sanoat va infratuzilma korxonalarini xususiylashtirish;

- Jahon savdo tashkilotiga qo‘shilish jarayonini jadallashtirib, uning to‘laqonli a’zosiga aylanish;

Shuningdek, energetika, transport, sog‘liqni saqlash va ta’lim sohalarida qo‘shma loyihalarni amalga oshirishda davlat-xususiy sheriklik mexanizmlarini joriy etish yanada kengaytiriladi.

 

O‘zA