French
Chinese
Turkish
Tajik
Kyrgyz
Turkmen
Japanese
Arabic
English
French
Spanish
Русский
German
Ўзбек
Oʻzbek
Қазақ
O‘zbekistonning IT sohasidagi salohiyati Singapurda namoyish etildi
19:24 / 2025-05-27

Singapurda “Uzbekistan Tech & Services Conference” ixtisoslashgan anjuman va biznes-forum o‘tkazildi. Unda O‘zbekistonning axborot texnologiyalari va raqamli xizmatlar sohasidagi salohiyati namoyish etildi.

“IT Park Uzbekistan” tomonidan O‘zbekistonning Singapurdagi elchixonasi, “Enterprise Singapore” davlat agentligi va Singapur  tadbirkorlar federatsiyasi  (Singapore Business Federation) ko‘magida  tashkil etilgan forumdan ko‘zlangan asosiy maqsad ikki mamlakat o‘rtasida ishbilarmonlik aloqalarini mustahkamlash hamda IT, startap tashabbuslar, raqamli xizmatlar, investitsiyalar kabi yo‘nalishlarda o‘zaro hamkorlikni rivojlantirishdan iborat. 

Anjumanda Singapurdagi yetakchi texnologiya kompaniyalari, venchur jamg‘armalari va autsorsing korxonalarining 50  nafardan ortiq  vakillari ishtirok etdi. Ularga O‘zbekistonning IT xab sifatidagi istiqbollari, shu jumladan, mamlakatdagi qulay investitsiyaviy muhit va rivojlanayotgan raqamli infratuzilma hamda xorijiy hamkorlar uchun aniq loyiha va tashabbuslar to‘g‘risida ma’lumot berildi.

“BIPO”, “S.E.A Business Center”, “Vistra”, “Singapore Cooperation Enterprise” va boshqa kompaniyalar O‘zbekiston bilan IT-inframuzilma yaratish,  autsorsingni rivojlantirish va yuqori malakali mutaxassislarni tayyorlash kabi ustuvor yo‘nalishlarda hamkorlikni rivojlantirishga qiziqish bildirdi.  

Forum yakunida “IT Park Uzbekistan” va Singapurning qator kompaniyalari o‘rtasida o‘zaro hamkorlik qilish bo‘yicha dastlabki kelishuvlarga erishildi. Tomonlar qo‘shma loyihalarni amalga oshirish bo‘yicha aniq rejalarni belgilab oldi. Ushbu loyihalar O‘zbekiston va Singapur o‘rtasida iqtisodiy aloqalar va texnologik  sheriklikni mustahkamlashda yangi istiqbollarni ochadi. 

Aziza Alimova tayyorladi, O‘zA