Oʻzbek
Chinese
Turkish
Tajik
Kyrgyz
Turkmen
Japanese
Arabic
English
French
Spanish
Русский
German
Ўзбек
Oʻzbek
Қазақ
O‘zbekistonning Investitsiyalar bo‘yicha qo‘llanmasi yaratildi
14:45 / 2022-10-06

O‘zbekiston Respublikasi Investitsiyalar va tashqi savdo vazirligi o‘zining rasmiy veb-saytida O‘zbekistonning investitsiyalar bo‘yicha qo‘llanmasini e’lon qildi.

Unda bo‘lajak investorlar va ishbilarmon doiralar vakillari uchun ingliz, rus va yapon tillarida ma’lumotlar taqdim etilgan. Hujjat mamlakatimizda amalga oshirilayotgan keng ko‘lamli islohotlar, iqtisodiyotning turli tarmoqlarida biznesni yuritish imkoniyatlari, ochiqlikni qo‘llab-quvvatlash va sarmoyaviy muhitni yaxshilash bo‘yicha olib borilayotgan tizimli ishlar haqida dolzarb axborotlar va kompleks ma’lumotlardan iborat.

Qo‘llanma Yaponiya xalqaro hamkorlik agentligining (JICA) texnik va moliyaviy ko‘magi hamda Price waterhouse Coopers (PwC) kompaniyasining konsalting ko‘magi ostida yaratildi.

O‘zbekistonning investitsiyalar bo‘yicha qo‘llanmasi ilk marotaba 2022 yil 24-26 mart kunlari bo‘lib o‘tgan birinchi Toshkent xalqaro investitsiya forumi doirasida ingliz tilida namoyish etildi. O‘shandan beri qo‘llanma rus va yapon tillariga tarjima qilingan, shuningdek, eng so‘nggi statistik ma’lumotlar va boshqa dolzarb yangiliklar bilan to‘ldirilgan. Qo‘llanmada sarmoyaviy muhitning afzalliklari haqida tushunchalar berilgan va O‘zbekistonga sarmoya kiritishning beshta asosiy sababi keltirib o‘tilgan. Unda shuningdek, biznesni boshlashdan tortib, davlat-xususiy sheriklik va davlat korxonalarini xususiylashtirishgacha bo‘lgan jarayonlarda sarmoya kiritishning turli usullari batafsil yoritilgan.

Roman BONDARCHUK