Chinese
Chinese
Turkish
Tajik
Kyrgyz
Turkmen
Japanese
Arabic
English
French
Spanish
Русский
German
Ўзбек
Oʻzbek
Қазақ
O‘zbekistonning import hajmi o‘smoqda
12:48 / 2026-01-03

Milliy statistika qo‘mitasi ma’lumotlariga ko‘ra, 2025 yilning yanvar–noyabr oylarida O‘zbekiston Respublikasining import hajmi 41,9 mlrd AQSH dollarini tashkil etdi. Bu ko‘rsatkich o‘tgan yilning mos davriga nisbatan 18,7 foizga o‘sgan.

Qayd etilishicha, hisobot davrida mamlakatimiz jami 180 ta davlatdan tovar va xizmatlar import qilgan. 

2025 yilning 11 oyi yakunlariga ko‘ra, O‘zbekiston importida eng katta ulushga ega bo‘lgan TOP–10 davlatlar quyidagilardan iborat: 

Xitoy — 12,8 mlrd AQSH dollari;
Rossiya — 7,8 mlrd dollar;
Qozog‘iston — 3 mlrd dollar;
Turkiya — 1,7 mlrd dollar;
Koreya Respublikasi — 1,5 mlrd dollar. 

Shuningdek, Germaniya va Hindistondan har biri 1 mlrd dollarlik import amalga oshirilgan.

Ro‘yxatdan, shuningdek, Turkmaniston (926,2 mln dollar), Belarus (698,8 mln dollar) hamda AQSH (656,1 mln dollar) o‘rin olgan.

Hamroz Bayanov, O‘zA