Қазақ
Chinese
Turkish
Tajik
Kyrgyz
Turkmen
Japanese
Arabic
English
French
Spanish
Русский
German
Ўзбек
Oʻzbek
Қазақ
O‘zbekistonning ikkinchi raqamli tennischi qizi Bahrayn turnirida qatnashmoqda
12:12 / 2026-01-20

Shu kunlarda davom etayotgan Avstraliya Ochiq chempionatining saralash bosqichi ikkinchi bosqichida ishtirokini yakunlagan mamlakatimizning ikkinchi raqamli raketkasi Mariya Timofeyeva Bahraynda o‘tadigan turnirda ishtirok etadi.

Mukofot jamg‘armasi 60 ming AQSH dollaridan iborat mazkur turnirda Mariya Timofeyeva to‘rtinchi raqam ostida tasniflandi.

Bugun, 20 yanvar kuni Bahrayn poytaxti Manama shahrida boshlanayotgan musobaqada O‘zbekiston terma jamoasi a’zosi Timofeyeva 1/16 finalda rossiyalik Anastasiya Tixonovaga qarshi kortga chiqadi.

Aytish lozim, Timofeyeva-Tixonova nufuzli musobaqalarda to‘rt marta ro‘baro‘ kelgan. O‘tkazilgan o‘yinlar sarhisobiga ko‘ra, O‘zbekiston sharafini himoya qilayotgan Mariya uch marta g‘alaba qozongan.

Eslatib o‘tamiz, WTA reytingida Timofeyeva 138, Tixonova esa 250-o‘rindan joy olgan.

T.Ro‘ziyev,

O‘zA