Arabic
Chinese
Turkish
Tajik
Kyrgyz
Turkmen
Japanese
Arabic
English
French
Spanish
Русский
German
Ўзбек
Oʻzbek
Қазақ
O‘zbekistonning ijtimoiy va ishlab chiqarish infratuzilmasi rivojlantiriladi
12:42 / 2022-01-23

Bu haqda davlatimiz rahbarining joriy yil 22 yanvardagi “2022–2024 yillarda O‘zbekiston Respublikasining ijtimoiy va ishlab chiqarish infratuzilmasini rivojlantirish chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi qarorida belgilab qo‘yildi.

Qaror bilan 2022–2024 yillarda O‘zbekistonning ijtimoiy va ishlab chiqarish infratuzilmasini rivojlantirish dasturi qabul qilindi.

Dastur doirasida belgilangan yillarda ijtimoiy va ishlab chiqarish infratuzilmasini rivojlantirish uchun jami 76 trillion 881 milliard  so‘m ajratiladi.

Shunga ko‘ra, mazkur yillarda 54 ming 230 o‘quv o‘rni va 8 ming 358 yotoq o‘rniga ega oliy ta’lim muassasalari, 259 ming 101 o‘quv o‘rniga ega, 248 ta sportzaldan iborat umumta’lim, ijod va ixtisoslashtirilgan maktablar,  88 ming 310 o‘ringa ega maktabgacha ta’lim tashkilotlari, 24 ming 213 o‘ringa ega sog‘liqni saqlash muassasalarini ishga tushirish nazarda tutilgan.

Mazkur qarorga asosan  Ijtimoiy va ishlab chiqarish infratuzilmasini rivojlantirish bo‘yicha Respublika komissiyasi tuzildi. Respublika komissiyasi Dasturda ishtirok etayotgan vazirlik, idora, xo‘jalik birlashmalari va mahalliy hokimliklar faoliyatini muvofiqlashtirib boradi.

Dasturlar doirasida rejalashtirilgan mablag‘larni ichki manbalar hisobidan jalb qilingan qarz mablag‘lari, xorijiy kreditlar va ular bo‘yicha hisoblangan foiz to‘lovlarini qoplashga, shuningdek, ob’ektlar qurish uchun kreditlar ajratishga yo‘naltirish taqiqlanadi.

Qarorga ko‘ra, 2022 yildan ikki yil muddatga vazirliklar, idoralar va mahalliy hokimliklarning ma’muriy binolarini qurish va rekonstruksiya qilish bo‘yicha yangidan boshlanadigan loyihalarni (Prezident qarorlariga muvofiq amalga oshiriladigan, shuningdek, yangidan tashkil etiladigan shahar va tumanlarda joylashadigan loyihalar bundan mustasno) O‘zbekistonning ijtimoiy va ishlab chiqarish infratuzilmasini rivojlantirish dasturlariga kiritish taqiqlanadi.

Kelgusi yillar uchun ijtimoiy va ishlab chiqarish infratuzilmasini rivojlantirish dasturlarini shakllantirish jarayonlarida keyingi yillarga o‘tadigan loyihalar (ob’ektlar) soni bosqichma-bosqich qisqartiriladi va ularni tegishli moliyaviy yilda foydalanishga topshirish nazarda tutiladi.

2022 yilda yakunlanadigan ta’lim muassasalari ob’ektlari – 15 avgustgacha, sog‘liqni saqlash va tibbiy-ijtimoiy muassasalar ob’ektlari – 1 oktyabrgacha, irrigatsiya va melioratsiya tizimlari ob’ektlari – 1 dekabrgacha foydalanishga topshiriladi.

O‘zA