Spanish
Chinese
Turkish
Tajik
Kyrgyz
Turkmen
Japanese
Arabic
English
French
Spanish
Русский
German
Ўзбек
Oʻzbek
Қазақ
O‘zbekistonning eng yangi tarixini o‘rganish masalalari muhokama qilindi
14:34 / 2021-12-22

Milliy matbuot markazida O‘zbekiston Respublikasi Fanlar akademiyasi tomonidan “O‘zbekistonning eng yangi tarixini o‘rganish masalalari” mavzusida matbuot anjumani tashkil etildi. Unda Fanlar akademiyasi huzuridagi O‘zbekistonning eng yangi tarixi masalalari bo‘yicha Muvofiqlashtiruvchi-metodik markaz faoliyati haqida so‘z yuritildi.

Markaz Fanlar akademiyasi huzuridagi O‘zbekistonning eng yangi tarixi bo‘yicha Jamoatchilik kengashining ishchi organi hisoblanadi.

– Markazimizda 2 nafar fan doktori, 5 nafar fan nomzodlari, 1 nafar doktorant, 6 nafar tayanch doktorantlar faoliyat olib borishadi. Ilmiy salohiyat – 70 foizni tashkil etadi. 2019 yilda Jamoatchilik kengashi a’zolari, Fanlar akademiyasining Tarix instituti, Markaz hamda oliy ta’lim tizimida faoliyat olib borayotgan yetakchi olimlar tomonidan ikki kitobdan iborat “O‘zbekiston tarixi (1917–1991 yillar)” fundamental tadqiqoti chop etildi. Fanlararo yondashuv asosida rus tilida 2018 yili “O‘zbekistonning eng yangi tarixi” darsligi yaratildi. Ushbu darslik MDH mamlakatlarida eng yangi tarix bo‘yicha dastlabki darsliklardan biri bo‘lib,  2020 yilda qayta ishlangan va to‘ldirilgan ikkinchi nashri ham chop etildi, – deydi markaz direktori o‘rinbosari Feruza O‘sarova.  

“O‘zbekiston eng yangi tarixining dolzarb masalalari” jurnali nashr etilmoqda. 2020 yilda markaz tomonidan bir qator vazirlik va idoralar bilan hamkorlikda tayyorlangan “O‘zbekiston xalqining fashizm ustidan qozonilgan g‘alabaga qo‘shgan hissasi” nomli kitob-albom o‘zbek, rus va ingliz tillarida chop etildi. 2021 yilda vazirliklar va muassasalar bilan birgalikda “O‘zbekiston ikkinchi jahon urushi davrida”  nomli kitob-albom tayyorladi. Mazkur kitob-albom  o‘zbek, rus va ingliz tillarida chop etilgan.

So‘nggi 5 yilda markaz ilmiy xodimlari tomonidan 67 maqola  (25 tasi  xorijda) va 133 ta tezis (ulardan  31 tasi xorijda), 28 ta monografiya, darslik, o‘quv qo‘llanmalar nashr etilgan. Shuningdek, markazda chop etilgan 1 ta darslik va 2 ta o‘quv qo‘llanmaga 3 ta mualliflik guvohnomalari olingan. Xalqaro ilmiy aloqalar faollashmoqda. 2017–2021 yillar davomida Germaniya, Rossiya, Belarus Respublikasi ilmiy tadqiqot hamda jamoat muassassalari bilan hamkorlik to‘g‘risida memorandumlar, shartnomalar imzolandi. Hamkorlik doirasida xalqaro davra suhbatlari, konferensiyalar, seminarlar o‘tkazilmoqda, qo‘shma nashr ishlari tayyorlanmoqda.

Markaz Kembrij Markaziy Osiyo forumi, Iso kolleji, Kembrij universiteti, Kembrij universitetining taraqqiyot tadqiqotlari markazi bilan hamkorlikda 2019 yil 8–10 aprel kunlari Buxoro shahrida “Harakatdagi tadqiqotlar” («Research in action») mavzusida xalqaro seminar o‘tkazdi. 2019  yil 16 iyulda Toshkentda Xanyan universiteti Xalqaro munosabatlar oliy maktabi (Koreya Respublikasi) hamda O‘zbekistonning eng yangi tarixi masalalarini Muvofiqlashtiruvchi-metodik markaz bilan hamkorlikda O‘zbek-koreys ilmiy forumi tashkil etildi. Ilmiy tashkilotlarning 2020 yildagi ilmiy-innovatsion faoliyati natijalari reytingiga ko‘ra, O‘zbekistonning eng yangi tarixi markazi jami 105 ta ilmiy tashkilotlarning 27 yo‘nalishi bo‘yicha 67 o‘rinni egalladi.

 

Fayzullo Yahyoyev, O‘zA