Spanish
Chinese
Turkish
Tajik
Kyrgyz
Turkmen
Japanese
Arabic
English
French
Spanish
Русский
German
Ўзбек
Oʻzbek
Қазақ
O‘zbekistonning eng kuchli yosh bokschilari Toshkentda saralanadi
10:05 / 2026-01-28

Bugun Toshkent shahridagi "Olimpiya shaharchasi"da boks bo‘yicha yoshlar o‘rtasida O‘zbekiston chempionatining final bahslari start oladi.

Unda erkaklar o‘rtasida 10 ta vazn toifasida jang tashkil etilishi rejalashtirilgan. Xususan, -50 kg. vazn toifasida Amirjon Suponov Odilshoh Halimovga qarshi ringga ko‘tarilsa, vazni 55 kilogrammgacha bo‘lgan charm qo‘lqop ustalari orasida Elyor Rustamov —Habibulla Saynazarov, -60 kg. vazda esa Muhammadrizo Ukimov va Bobomurod Boymirzayev o‘rtasidagi to‘qnashuvga guvoh bo‘lamiz.

Shuningdek, -65 kg. vazn toifasida Zulfiqor Adhamjonov  — Ibrohim Shokirjonov, -70 kg.da Saidxo‘ja Sa’dillaxo‘jayev — Shohrux Islomqulov, 75 kg.da Alixon Shahbozov – Suxrob Rahmatullayev, -80 kg.da Ruslan Ibragimov — Asilbek Abdusamadov, -85 kg.da Quvonchbek Ibrohimov — Sardorbek Bahromxo‘jayev, -90 kg.da Asadbek Sultonboyev — Abdulloh Qodirov, +90 kg.da Islom Solixov — Shohjahon Islomov juftligi ringga chiqadi.  

Javohir Toshxo‘jayev,

O‘zA