Arabic
Chinese
Turkish
Tajik
Kyrgyz
Turkmen
Japanese
Arabic
English
French
Spanish
Русский
German
Ўзбек
Oʻzbek
Қазақ
O‘zbekistonning eng kuchli kamonchilari chempionlik uchun bahslashmoqda
10:34 / 2026-02-26

Shu kunlarda kamondan otish bo‘yicha mamlakatimizning eng mahoratli sportchilari O‘zbekiston chempionatida sovrinli o‘rinlarni egallash uchun O‘zbekiston davlat jismoniy tarbiya va sport universitetida boshlangan musobaqalarda o‘z omadini sinovdan o‘tkazmoqda.

Chempionatda Qoraqalpog‘iston Respublikasi, viloyatlar hamda Toshkent shahridan umumiy hisobda 260 nafardan ziyod sportchilar 18 metr masofaga mo‘ljallangan turli yo‘nalishlarda o‘tadigan bahslarda sovrinli o‘rinlarga da’vogarlik qilmoqda.

Barcha yosh toifalarida o‘tayotgan O‘zbekiston chempionati jarayonida mamlakatimizning eng kuchli merganlari aniqlanishi hamda terma jamoa uchun munosib nomzodlar saralab olinishi nazarda tutilgan.

Musobaqalar 28-fevralga qadar davom etadi.

T.Ro‘ziyev, O‘zA