Spanish
Chinese
Turkish
Tajik
Kyrgyz
Turkmen
Japanese
Arabic
English
French
Spanish
Русский
German
Ўзбек
Oʻzbek
Қазақ
O‘zbekistonning doimiy aholisi soni ma’lum qilindi
17:22 / 2022-07-29

Ilk yarim yillikda (yanvar-iyun) O‘zbekistonda doimiy aholi soni 332,1 mingga (2,1% ga) ko‘payib, 35,6 million nafardan oshgan.

Bu haqda  Davlat statistika qo‘mitasi xabar berdi. 

Jumladan, aholining 18,1 million nafari shaharlarda (jami aholining 50,9 foizi), 17,5 million nafari (49,1 %) qishloqlarda istiqomat qiladi. Jami aholining 17,9 million qismini erkaklar, 17,7 million qismini ayollar tashkil qiladi. 

Shuningdek, ma’lum qilinishicha, shahar va qishloq aholisining o‘rtacha umr ko‘rish davomiyligi bir xil bo‘lib, 73,8 yoshni tashkil etadi. 

O‘zA