Қазақ
Chinese
Turkish
Tajik
Kyrgyz
Turkmen
Japanese
Arabic
English
French
Spanish
Русский
German
Ўзбек
Oʻzbek
Қазақ
O‘zbekistonning diniy sohadagi islohotlari Indoneziya matbuotida yoritildi
11:38 / 2026-02-18

Indoneziyaning nufuzli nashrlaridan biri — "Kalimantan Post" gazetasida Imom Moturidiy xalqaro ilmiy-tadqiqot markazi direktori o‘rinbosari Shahzod Islomovning O‘zbekistonda diniy-ma’rifiy sohada amalga oshirilayotgan islohotlar hamda ushbu ma’rifiy markaz faoliyatiga bag‘ishlangan maqolasi chop etildi.

«Reformasi Spiritual Uzbekistan untuk Inspirasi Indonesia» («O‘zbekistonning diniy sohadagi islohotlari Indoneziya uchun ilhom manbai») nomli maqolada mamlakatimizda diniy sohadagi ochiqlik, bag‘rikenglik va ilm-ma’rifatga asoslangan yangilanishlar atroflicha tahlil qilingan.

Maqolada Imom Moturidiy xalqaro ilmiy-tadqiqot markazining aqida va kalom ilmini o‘rganish, boy ma’naviy merosni keng jamoatchilikka yetkazish hamda radikalizmga qarshi ma’rifiy asosda kurashdagi o‘rni alohida qayd etilgan.

Shuningdek, O‘zbekistonning bag‘rikeng jamiyat modeli xalqaro miqyosda e’tirof etilayotgani hamda Indoneziya kabi davlatlar uchun muhim tajriba sifatida baholanayotgani ta’kidlangan.

Mazkur maqola Yangi O‘zbekistonda ro‘y berayotgan jadal o‘zgarishlarni xalqaro hamjamiyat, xususan dunyoda eng katta — 242 million musulmon aholiga ega Indoneziya jamiyatiga yetkazishga xizmat qiladi.

N.Usmonova, O‘zA