English
Chinese
Turkish
Tajik
Kyrgyz
Turkmen
Japanese
Arabic
English
French
Spanish
Русский
German
Ўзбек
Oʻzbek
Қазақ
O‘zbekistonning bosh archasi o‘rnatilgan maydondan reportaj
19:28 / 2022-12-31

O‘zbekistonning bosh archasi — Toshkent shahridagi Hyatt Regency Tashkent mehmonxonasi oldidagi maydonda o‘rnatilgan.

Ayni paytda bu maydonda katta bayram shukuhi hukmron. Archa bezatilgan poytaxtimizdagi barcha maydonlarda 5 yanvargacha bolalar va kattalar uchun ko‘ngilochar tadbirlar bo‘lib o‘tadi.  

Toshkent shahrida yangi yil archalar o‘rnatilgan manzillarni sizlarga ma’lum qilamiz:

➖Yunusobod tumani, Hyatt Regency Tashkent mehmonxonasi oldidagi maydonda;

➖Shayxontohur tumani, «Navro‘z» bog‘i, «Anhor-Lokomotiv» istirohat bog‘i;

➖Mirzo Ulug‘bek tumani, Central Park (sobiq Telman) bog‘i;

➖«Yangi O‘zbekiston» bog‘i, «Lokomotiv» bog‘i;

➖Chilonzor tumani, G‘afur G‘ulom nomidagi madaniyat va istirohat bog‘i, “Humo Arena” muz saroyi oldidagi maydon;

➖Mirobod tumanida Furqat nomidagi madaniyat va istirohat bog‘i;

➖Bektemir tumani, Food City savdo majmuasi oldidagi maydon;  

➖Sergeli tumani, «Markaziy xiyobon» bog‘i;

➖ Yangihayot tumani, Index savdo majmuasi;

➖Olmazor tumanida «Beruniy» metro bekati yaqinidagi maydon;

➖Uchtepa tumani, «Seul eko” bog‘i;

➖Yakkasaroy tumani, “NEXT” ko‘ngilochar-savdo markazi;

➖Yashnobod tumanida Ashxobod bog‘i, “Aviasozlar” saroyi oldidagi maydonda archalar o‘rnatiladi.

<iframe width="1519" height="585" src="https://www.youtube.com/embed/HY4QLTuYdtc" title="O‘zbekistonning bosh archasi o‘rnatilgan maydondan reportaj" frameborder="0" allow="accelerometer; autoplay; clipboard-write; encrypted-media; gyroscope; picture-in-picture" allowfullscreen></iframe>

O‘zA