Ўзбек
Chinese
Turkish
Tajik
Kyrgyz
Turkmen
Japanese
Arabic
English
French
Spanish
Русский
German
Ўзбек
Oʻzbek
Қазақ
O‘zbekistonning 28 oliy o‘quv yurti TOP-1000 talik reytingga kirish uchun da’vogar sifatida qayd etildi
16:44 / 2022-10-12

Buyuk Britaniyaning nufuzli reyting tashkiloti – Times Higher Education agentligi o‘zining "World University Rankings – 2023" reyting natijalarini e’lon qildi.

Bu yil respublikamizning yana 18 ta oliy ta’lim muassasasi “reporter” maqomida qayd etilishi bilan TOP-1000 reytingdan joy olish uchun davogarlar 10 tadan 28 taga yetdi.

Ular orasida Sog‘liqni saqlash vazirligi tasarrufidagi 5 ta oliy ta’lim muassasasi ham o‘rin oldi. Ular quyidagilar: Toshkent tibbiyot akademiyasi; Toshkent pedagogika tibbiyot instituti; Toshkent davlat stomatologiya intituti; Toshkent farmatsevtika instituti; Andijon davlat tibbiyot instituti.

Ushbu reytingda universitetlarning 4 ta yo‘nalishdagi samaradorlik ko‘rsatkichlari baholandi: o‘qitish, tadqiqot, ta’lim sifati va xalqaro istiqbollar.

Mazkur 28 ta oliy ta’lim muassasasi Times Higher Education'ning nufuzli reytinglariga kirish uchun nomzod sifatida tanlanib, bunda reyting agentligi ularga yaqindan yordam beradi.

O‘zA