Ўзбек
Chinese
Turkish
Tajik
Kyrgyz
Turkmen
Japanese
Arabic
English
French
Spanish
Русский
German
Ўзбек
Oʻzbek
Қазақ
O‘zbekistonning 2 ta universiteti TOP-500 talik reytingdan o‘rin oldi
10:18 / 2023-03-23

“Quacquarelli Symonds – QS World University Rankings” xalqaro reyting agentligi 2023 yilgi dunyo universitetlarining “Fan sohalari reytingi” (Subject Rankings ) natijalarini e’lon qildi.

Unga ko‘ra, O‘zbekiston milliy universiteti va "Toshkent irrigatsiya va qishloq xo‘jaligini mexanizatsiyalash muhandislari instituti" milliy tadqiqot universiteti 4 ta (zamonaviy tillar, matematika, fizika va astronomiya, atrof-muhit) fan bo‘yicha TOP-500 oliy ta’lim muassasalari qatoridan o‘rin egalladi. Bu haqda Oliy ta’lim, fan va innovatsiyalar vazirligi xabar berdi.  

Ma’lumot o‘rnida ta’kidlash lozimki,  O‘zbekiston milliy universiteti o‘tgan 2022 yilgi reytingda “Matematika” sohasida 451–500-o‘rinda ko‘rilgan bo‘lsa, bu yil shu yo‘nalish bo‘yicha 100 pog‘ona yuqoriga ko‘tarildi.  

 

O‘zA