English
Chinese
Turkish
Tajik
Kyrgyz
Turkmen
Japanese
Arabic
English
French
Spanish
Русский
German
Ўзбек
Oʻzbek
Қазақ
“O‘zbekistonni suratlarda kashf etamiz” fotoko‘rgazmasi (+video)
17:08 / 2025-08-29

“Vatan uchun, millat uchun, xalq uchun”

O‘zbekiston 34 yillik sharafli yo‘lni bosib o‘tdi. Tarix silsilasida o‘zligini yo‘qotmagan, yurtboshimiz yo‘lboshchiligida faqat oldinga harakat qilgan xalqimiz og‘ir va mashaqqatli yo‘lda ulkan marralarni qo‘lga kiritdi. Mustaqilligimizga ko‘plab tahdidlar bo‘ldi, lekin xalq birlashib, mustahkam irodasini namoyish eta oldi. Ushbu qisqa, lekin shonli tarix bugun fotosuratlarda namoyon.         

Toshkent “Fotosuratlar uyi”da o‘tgan asrning boshlaridan, bugungi kungacha bo‘lgan davrni qamrab olgan ko‘rgazma tashkil etildi. Har bir surat mahorat bilan olinishi barobarida o‘sha zamonning ma’lumotlarini, yorug‘ va qorong‘u kunlarini so‘zlab beradi. Jumladan, istiqlol uchun kurashlar, bo‘linishlar, o‘tgan asr o‘rtalaridagi qayta qurishlar, mustaqilligimizning dastlabki yillaridagi siyosiy, iqtisodiy vaziyat va Yangi O‘zbekiston manzaralari. Xullas, uch davrni qamrab olgan, lahzalarda muhrlangan tarix barchaning e’tiborini tortib, chuqur mushohadaga chorladi. 

[gallery-25040]          

Tashkilotchilar O‘zbekiston Milliy axborot agentligi, “O‘zarxiv” agentligi, O‘zbekistondagi Shanxay hamkorlik tashkiloti Xalq diplomatiyasi markazi tomonidan ko‘rgazmaga 100 dan ziyod eng sara fotosuratlar tanlab olindi. Ushbu noyob fotosuratlar Kinofotofono hujjatlari milliy arxivida saqlanayotgan xalqimiz tarixining asosiy sahifalaridan so‘zlaguvchi noyob durdonalardir.           

Arxiv hujjatlari - bu tarix. Undan saboq olib, mulohaza qilish, xulosa chiqarish kelajakda xatolarga yo‘l qo‘ymaslik, Vatan uchun, millat uchun birlashish bu ko‘rgazmaning asosiy g‘oyasida mujassam bo‘ldi.   

<iframe width="640" height="420" src="https://www.youtube.com/embed/OWITajluEQ4" title="“O‘zbekistonni suratlarda kashf etamiz” foto ko‘rgazmasi" frameborder="0" allow="accelerometer; autoplay; clipboard-write; encrypted-media; gyroscope; picture-in-picture; web-share" referrerpolicy="strict-origin-when-cross-origin" allowfullscreen></iframe>

Sanjar Toshpo‘latov, Aslidin Alijonov,

Alimurod Mamadaminov (foto), Ulug‘bek To‘xtayev (video), O‘zA