English
Chinese
Turkish
Tajik
Kyrgyz
Turkmen
Japanese
Arabic
English
French
Spanish
Русский
German
Ўзбек
Oʻzbek
Қазақ
O‘zbekistonliklar yil boshida eng ko‘p safar qilgan davlatlar ma’lum bo‘ldi
10:01 / 2026-02-20

2026-yilning ilk oyi o‘zbekistonliklarning xalqaro safarlarida faollik yuqori bo‘lganini ko‘rsatdi. Turizm, ziyorat, mehnat migratsiyasi va dam olish maqsadida amalga oshirilgan safarlar soni o‘tgan yilning shu davriga nisbatan sezilarli darajada oshgan.

Milliy statistika qo‘mitasi ma’lumotlariga ko‘ra, 2026-yil yanvar oyida jami 589 647 nafar O‘zbekiston fuqarosi turistik maqsadlarda xorijga chiqqan. Bu ko‘rsatkich 2025-yil yanvar oyiga nisbatan 38,2 ming nafarga yoki 6,9 foizga ko‘p.

Yanvar oyida o‘zbekistonliklar eng ko‘p safar qilgan TOP-10 davlat quyidagilardan iborat:

Qirg‘iz Respublikasi — 232 174 nafar

Tojikiston — 98 659 nafar

Qozog‘iston — 88 012 nafar

Saudiya Arabistoni — 62 655 nafar

Rossiya — 32 291 nafar

Turkiya — 17 288 nafar

BAA — 16 030 nafar

Tailand — 6 890 nafar

Xitoy — 6 117 nafar

Misr — 4 585 nafar

Statistik tahlilar ziyorat turizmi va mashhur dam olish yo‘nalishlariga bo‘lgan qiziqish ham yuqori ekanini ko‘rsatmoqda.

Shuningdek, transport qatnovlarining kengayishi, vizasiz tartiblar va sayohat xizmatlari sifatining oshishi xalqaro safarlar soni o‘sishiga xizmat qilmoqda.

Hamroz Bayanov, O‘zA