Ўзбек
Chinese
Turkish
Tajik
Kyrgyz
Turkmen
Japanese
Arabic
English
French
Spanish
Русский
German
Ўзбек
Oʻzbek
Қазақ
O‘zbekistonliklar qaysi mamlakatlarda ko‘proq tahsil olmoqda?
14:37 / 2025-12-15

2025 yilning yanvar–oktyabr oylarida jami 26,4 ming nafar O‘zbekiston fuqarolari ta’lim olish maqsadida xorijiy davlatlarga safar qilgan. Bu haqda Milliy statistika qo‘mitasi ma’lum qildi.

Qayd etilishicha, ushbu ko‘rsatkich o‘tgan yilning mos davriga nisbatan 6,1 ming nafarga yoki 18,9 foizga kamaygan. Bu esa xorijda o‘qishga ketuvchilar sonida ma’lum darajada pasayish kuzatilayotganini anglatadi.

O‘zbekiston fuqarolari o‘qish maqsadida eng ko‘p quyidagi davlatlarga yo‘l olgan:

Rossiya — 5 863 nafar,

Tojikiston — 5 761 nafar,

Qirg‘iz Respublikasi — 3 835 nafar,

Koreya Respublikasi — 3 344 nafar,

Turkiya — 2 256 nafar,

Xitoy — 1 186 nafar,

Qozog‘iston — 1 014 nafar,

Buyuk Britaniya — 839 nafar,

Germaniya — 366 nafar,

AQSH — 318 nafar.

Hamroz Bayanov,

O‘zA