Қазақ
Chinese
Turkish
Tajik
Kyrgyz
Turkmen
Japanese
Arabic
English
French
Spanish
Русский
German
Ўзбек
Oʻzbek
Қазақ
O‘zbekistonliklar Frayberg konchilik akademiyasida tahsil oladi
16:00 / 2025-02-05

Ayni kunlarda Geologiya fanlari universiteti delegatsiyasi Germaniyada bo‘lib turibdi. Xizmat safari davomida vakillarimiz ushbu mamlakatning nufuzli oliy ta’lim muassasalaridan biri – Frayberg konchilik akademiyasi faoliyati bilan tanishdi.

Mineralogiya instituti rahbari, professor Gerxard Hayde bilan uchrashuvda esa tomonlar o‘zaro hamkorlik yo‘nalishlari va istiqboli yuzasidan fikr almashdi. Tog‘-kon sanoati va geologiya vazirligi axborot xizmati yozishicha, delegatsiyamiz a’zolari institutga qarashli namuna muzeyini ham ko‘zdan kechirishgan.

Shuningdek, universitet jamoasi Frayberg konchilik akademiyasi Xalqaro markazi rahbari Yuliya Siuk bilan muzokora davomida muassasadagi ish tizimi, xodimlar birligi hamda xorijiy talabalar bilan olib borilayotgan ishlar haqida ma’lumotga ega bo‘ldi.

Yakunda Geologiya fanlari universiteti va Frayberg konchilik akademiyasi o‘rtasida akademik mobillik dasturini rivojlantirish bo‘yicha qo‘shma memorandum imzolashga kelishib olindi. Ushbu hujjat asosida talabalarimiz – 2 nafardan bakalavr va magistr bir semestr davomida mazkur olmon akademiyasida ta’lim oladi.

N.Ziyodullayeva, O‘zA